Bokuda Xurshidbonu Natavan asarlarining o‘zbek tilidagi kitobi taqdim etildi
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, Ozarbayjonning mashhur shoirasi Xurshidbonu Natavan asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasi asosidagi yangi kitob nashr etildi va Bokudagi 8-Xalqaro kitoblar ko‘rgazmasida taqdimot marosimi o‘tkazildi. Kitob o‘zbek shoirasi Shahlo Qosimova tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Taqdimot marosimida ozarbayjon va o‘zbek adabiyoti namoyondalari ishtirok etdi.
Marosimda Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon Adabiyoti muzeyi direktori, akademik Rafayel Huseynov, o‘zbek shoirasi Hosiyat Rustamova so‘zga chiqdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi stendidan Ozarbayjonga oid o‘zbek tiliga tarjima qilingan nashrlar joy oldi.
Nashrda Xurshidbonu Natavan asarlari ham ozarbayjon, ham o‘zbek tillarida taqdim etilgan. Bundan tashqari, shoiraning merosi, asarlari, chizgan rasmlari kitobda o‘z aksini topgan.
Zebo NAMOZOVA