Qoshni qanday o‘stirish mumkin?
Eng chiroyli pardoz ham, agar qoshlar yuzga mos bo‘lmasa, mukammal ko‘rinmaydi
Vositalardan foydalaning
Qoshni o‘stirish uchun maxsus ishlab chiqilgan konditsionerlar, gel, moy va yog‘lar – qoshlar va kipriklaringiz tezroq o‘sishiga yordam beradi. Shuni yodda tutingki – kimgadir mos kelgan vosita sizga mos kelmasligi mumkin. Qosh o‘sishi uchun bir emas, balki bir nechta faol vositalarni ishlatish kerak bo‘lishi mumkin. Vositalarni kuniga ikki marta ishlatish tavsiya etiladi: ertalab va kechqurun.
Vitaminlar iching
Vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar bir zumda effekt bermaydi. Ammo muntazam ravishda qabul qilish, qoshlar va sochlar sifatini boshqa vositalar bilan ishlatilganda bir necha marotaba oshiradi. Vitaminlar odam organizmi ichidan ta’sir qilib, tashqi ko‘rinishga yaqqol natijani namoyish etadi. Soch va tirnoqlarni oziqlantirish va mustahkamlash uchun mo‘ljallangan vitamin komplekslarini va foydali taomlarni tanlang. Kalsiy, A vitamini, E va B guruhi vitaminlari nafaqat sochlar uchun, balki qoshlar uchun ham foydali.
Chiroyli bo‘yashni o‘rganing
Mukammal ko‘rinish uchun qoshlarni umuman bo‘yamasdan iloji yo‘q: qoshlar notekis o‘sadi. Qosh orasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish kerak. Eng yaxshi usullar – qalam, tenlar va qosh uchun maxsus laynerlar. Ularning yordami bilan «tabiiy» tuklarni chizish juda oson. Eng asosiysi o‘zingizga to‘g‘ri keladigan bo‘yoq rangi va ishlab chiqarilish formasini tanlang.
Qoshlarni tarang
Asta-sekin o‘sayotgan sochlar turli yo‘nalishlarda o‘sishlari mumkin. Biz ularga aniq yo‘nalishni ko‘rsatishimiz kerak. Endi o‘sayotgan notekis qosh tolalarini shaffof gel bilan sochlaringizni taraganday tarab, ishlov bering.
To‘liq o‘sgunicha yashiring
Qoshlaringiz sekin o‘sayotgan bo‘lsa va ularning ko‘rinishi sizga umuman yoqmasa, ulardan e’tiborni tortish usullaridan foydalaning. Masalan, o‘zingizga mos keladigan, uzunroq cho‘lka (peshanagajak) qirqing. Labingizni yorqin lab bo‘yog‘i bilan bo‘yang. Esingizda bo‘lsin, qoshlarga yaqin joylashgan o‘tkir chiziqlar faqat ularga e’tibor qaratadi, shu sababli qosh tepasidan tekis cho‘lka qirqmang.
Xina yoki bo‘yoq bilan bo‘yab ko‘ring
Qoshlar go‘zalligi hayotni o‘zgartiradi. Kamida ikki haftaga bo‘lsa ham. Qoshlarning sizga mos keladigan shaklini chiqarib berish uchun mutaxassisga murojaat qilgan yaxshiroq. Bu to‘g‘ri rolni tanlashga yordam beradi, bo‘yoqni ajratib turmaydi va kerakli shaklni chizadi. Uzoq rang saqlovchi bo‘yoq yoki xina tanlashda yordam beradi.
Shaklini aniqlang
Bir necha oydan so‘ng natijani sezasiz – qoshlar uzunroq va qalinroq bo‘ladi, shunda shaklini aniqlash kerak. Qoshlarga to‘g‘ri keladigan shaklini aniqlash uchun, taniqli shaxslarning fotosuratlarini ko‘rib chiqing. Portret o‘xshashlik emas, balki yuzning shakli, peshonaning balandligi, yuz o‘lchami va kesilishini taqqoslang. Agar yuzingiz keng va ko‘zlaringiz katta bo‘lsa, qalin qoshlaridan qo‘rqmang. Agar yuz chiziqlaringiz kichik bo‘lsa, katta qoshlar, aksincha, yuz ifodasini qo‘pollashtiradi. Asosiysi muvozanatni saqlash kerak. Buning uchun bolalikdagi fotosuratlaringizni ko‘rib chiqing, tabiatan sizga berilgan qosh sizga eng mos keladigan qosh hisoblanadi, o‘sha shaklning mukammalroq ko‘rinishini ifodalashga harakat qiling.
Dilrabo MUROTALIYEVA tayyorladi