Qo‘lingiz dard ko‘rmasin

Uzoq yillar mobaynida nafas olishga qiynalar edim. Burun pardasi qiyshiqligi sababli hidlarni sezishim ham buzilgan edi. Qiynalib nafas olganligim sababli yurak qon tomir tizimida ham zo‘riqish bor edi. Qon bosimim oshib turar va ishtaham pasayib ketgandi. Buning natijasida boshimda kuchli og‘riq his etardim.

Joriy yilning 18 noyabr kuni poytaxtdagi 5-sonli shahar klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limida burun pardasining qiyshiqligi nuqsoni jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etildi. Ushbu muammolardan meni xalos etgan ko‘p yillik tajribaga ega mohir lor – jarroh Vladimir Mirzayan, anesteziolog Zoya Karpova, operatsiya xonasi hamshirasi Sonya Sultonova, hamshira Feruza Boytursunova, katta hamshira Yelena Shevsovalarga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Shuningdek, bosh shifokor Gulnora Kenjayeva ana shunday ahil va o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot xodimlarining ishini mohirlik bilan boshqarayotganligi uchun alohida tashakkur bildiraman.

So‘zim so‘nggida qo‘llaringiz aslo dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar deyman.

Dildora MIRZAYEVA,

Toshkent shahri, Mirobod tumani

Yana o‘qing:  Rivoyatchi bobo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: