Tetiklantiruvchi mashqlar samarasi

Yosh go‘daklarni uqalash va gimnastika mashqlari orqali chiniqtirish

Uqalash va gimnastika mashqlari bolaning jismonan va ruhan to‘g‘ri rivojlanib borishini ta’minlovchi omillardan biridir.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu mashqlar mushak va suyaklarining mustahkam rivojlanishiga yordam beradi. Ayniqsa, bu davrda bolalar orasida ko‘p uchraydigan tos-chanoq bo‘g‘imi displaziyasi, son suyagining tug‘ma chiqishi, yassi oyoqlik, raxit asoratlarida (“o”, “x” simon oyoq qiyshayishida) o‘z vaqtida olingan uqalash muolajalari bolaning suyaklari to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashadi. Uyqudan oldingi uqalash bolani yaxshi uxlashiga yordam beradi.

Uqalash muolajalari va gimnastika-shifokor bilan kelishilgan holda bolaning salomatligi va kasallik holatiga ko‘ra olib boriladi. Bolaning 1,5-2 oyligidan boshlab uqalash muolajalarni boshlash mumkin. Muolajadan avval xonani yaxshi shamollatish zarur. Xona harorati o‘rtacha 20CO daraja bo‘lishi kerak. Yoz kunlari esa barcha muolajalarni ochiq havoda, salqin joyda (havo harorati 20-22CO darajadan past bo‘lmasligi kerak) o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Uqalash stoli ustiga bir qavat ko‘rpa, kleyonka va paxta tolali mato solish kerak. Mashg‘ulotlarni muayyan bir vaqtda,go‘dakni emizishdan oldin yoki ovqatlanishdan 30 daqiqa keyin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Har bir mashq yoki uqalash usuli 2-6 martagacha takrorlanadi. Mashg‘ulotlarning umumiy vaqti 10-12 daqiqadan iborat bo‘lishi lozim. Bunda mashg‘ulotlar ikki mahal o‘tkazib turilishi mumkin.

Yengil silash emadigan bola uchun uy sharoitida qilinadigan asosiy uqalash usullaridir. Bu usullar yengilgina, nozik va tekis harakatlar bilan periferiyadan markazga tomon (ya’ni, qo‘l panjasidan yelkaga, oyoq panjasidan chov burmasiga qarab) bajarilishi kerak. Qo‘l va oyoq uqalanganda ular yarim yozilgan holatda bo‘lishi lozim.

Go‘dak bilan jismoniy mashqlar o‘tkazishda harakatlarni to‘g‘ri bajarish kerak. Chaqaloq 3-4 oylik bo‘lguncha bolaning qo‘l va oyoqlarini faol ravishda bukish va yozish yaramaydi. Chunki, hali ular ko‘proq fiziologik bukilgan holatda turadi. Gimnastika mashqlarida esa mittivoyning mushak va boylamlarini cho‘zib qo‘yish mumkin. Bola 1,5-3 oylik bo‘lganida shartsiz reflekslarga asoslangan mashqlar bajariladi. Go‘dakning umurtqa pog‘onasi bo‘ylab barmoqlarni yuritish uni qo‘l-oyoqlarini yozishga undaydi. Go‘dak qorni bilan yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tarishga intiladi. Oyoq panjalariga qo‘l tegizilsa, oyoqlari bilan itarib tashlashga harakat qiladi. Bolada jonlanish kompleksini paydo qilish, ya’ni uni silaganda yoki unga qarab biror gap aytilganida oyoq va qo‘llari bilan faol harakatlar qiladigan bo‘lishiga erishish foydalidir.

Yana o‘qing:  Kaliy va kalsiy: hayot uchun muhim unsur

Bola 3-6 oylik bo‘lganida qo‘l va oyoqlarini nofaol harakatlantirishga kirishiladi. Go‘dakning qo‘l-oyoqlarini chalishtirish, orqani yozuvchi mushaklarni cho‘zish va shu kabilar. Shu davrning oxiriga borib emaklash, qo‘llarni harakatlantirishga yordam beradigan mashqlar olib boriladi. Mazkur mashqlar ochiq rangli o‘yinchoqlar bilan o‘tkazilgani ma’qul. Bolani kuniga bir necha marta qorni bilan yotqizib qo‘yilsa ham bo‘ladi. Qorni bilan yotqizilganida bola ichaklaridagi ortiqcha gazlar chiqib ketishiga yordam beradi. Shuningdek, bola qorni bilan yotganida emaklashga erta harakat qiladi.

Chaqaloq 6-10 oylik bo‘lganida bolaning emaklashiga ahamiyat berish kerak. Emaklash go‘dak tanasi va qo‘l-oyoqlaridagi ko‘pgina mushaklarning mustahkamlanishiga yordam beradi. Mashqlar o‘tkazish paytida go‘dak bilan iloji boricha ko‘proq muloqotda bo‘lish kerak.Chunki, uning nutqi rivojlana boradi. Chalqancha yotgan bolani ag‘darib, qorni bilan yotqizish, qo‘llari bilan doiraviy harakatlar qildirish, egiltirish, o‘tqazish va boshqalar ham mashqlar kompleksiga qo‘shiladi. Mashg‘ulotlar uchun har xil shaklli, rangli ochiq o‘yinchoqlardan foydalanish mumkin.

Nargiza UGLAMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: