Nafas olishga qiynalyapsizmi?

Nafas olishning qiyinlashishi koronavirusga xos eng ko‘p tarqalgan simptomlardan biri hisoblanadi. Shifokorlar hatto kasallik yaqqol sezilmagan, simptomlar ORVIga o‘xshagan va nafas olish keskin yomonlashgan taqdirda, tez yordamga murojaat qilish kerakligini bildiradi.

Qachon shifokor chaqirish kerak?


Nafas olishning yomonlashishi va qisishi nafaqat pnevmoniya, balki yurak xuruji, insult, miya shikastlanishi, bronxial astma va hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa jiddiy kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin. Agar tana harorati 38,5 darajadan yuqoriga bo‘lsa, nafas olish qiyinlashsa, shuningdek, ko‘krak sohasida diskomfort his qilinsa va nafas qisishi tez-tez takrorlanadigan bo‘lsa, zudlik bilan tabiiy yordamga murojaat qilish kerak.

Nafas olishni yengillashtirish uchun nima qilish lozim?


Birinchi navbatda, to‘g‘ri vaziyatni tanlash kerak. Nafas olish qiyinlashganda osmonga qarab yotish kerak emas. Bu vaqtda qorin bilan yotish kerak. Shuning­dek, parvozda xavf kuzatilgan vaqtda egallash kerak bo‘lgan vaziyatni tanlasa ham bo‘ladi. Buning uchun biroz oldinga egilib o‘tirish, qo‘llarni tizza ustiga qo‘yib quchoqlash, boshni pastga tushirish kerak.

Nafas mashqlarini bajaring


Hatto oddiy nafas mashqlari ham o‘pkalar faoliyati va ahvolini yaxshilaydi, qonning kislorod bilan yaxshiroq ta’minlanishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham yo‘q deganda kuniga 5 daqiqa vaqtni nafas mashqlarini bajarishga ajratish tavsiya qilinadi.

Nafas olishi qiyinlashganlarga esa quyidagi mashqni bajarish tavsiya qilinadi:

Chuqur nafas olib 5-6 soniya davomida ushlab turing va chiqarib yuboring. Ushbu ketma-ketlikni bir necha marta takrorlagandan keyin yo‘talib ko‘ring. Mashq bajargandan keyin bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Ammo ushbu holat tez orada o‘tib ketmasa, befarq bo‘lmaslik va tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi.

Sherzod MUXTOROV,

allergolog-immunolog

Yana o‘qing:  Jiddiy kechinmalar inson yuragida o‘chmas iz qoldiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: