Jamg‘arma faoliyatidan (2013/50)

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jamg‘armaning mintaqaviy filiali Xo‘jayli tumanida 1-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari hamda “Muruvvat uy”larida yashovchilar tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, dori-darmon, poyafzallar va o‘quv qurollari bilan ta’minlandi.

Xorazm viloyatidagi jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Urganch shahridagi 1-, 11-, 5-, 26-, 30-sonli mahallalardagi voyaga yetmaganlar orasida hamda Gurlan tumani Xizr eli qishlog‘idagi 19-sonli maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Giyohvandlikning zararli oqibatlari”, “Reproduktiv salomatlik”, “OITS – bu nima?” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Navoiy viloyatidagi jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Navoiy viloyati OITSga qarshi kurash markazida nazoratda turuvchi 19 nafar, Reabilitatsiya markazida tiklanish kursini o‘tayotgan 12 nafar nogiron bolalarga muruvvat yordami sifatida poyabzallar tarqatildi.

Toshkent shahar jamg‘arma tayanch maskani tomonidan mahallalardagi imkoniyati cheklangan bolalar, ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar holidan manzilli xabar olish bilan birga ularga oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlari ko‘rsatildi. Shuningdek, “SOS” – Bolalar mahallasiga, shahar “Go‘daklar uyi”ga, imkoniyati cheklanganlar uchun kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ham oyoq-kiyimlari tarqatildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Intilish va qiziquvchanlik bolalarni bilimga yetaklaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: