Kulgu-shifo (2013/50)
Dada, chehrangizni yaxshi eslaysiz-a?.. – Bu nima deganing, o‘g‘lim?
– Ya’ni burningiz, iyagingiz, og‘zingiz qayerdaligini bilasizmi?
– Albatta!
– Ey-y, xayriyatey… Men siz soqol oladigan oynani sindirib qo‘yib, qo‘rqib yuruvdim.
* * *
Kampirlar suhbatidan:
– Cholim bilan turmush qurganimizga ellik yil to‘ldi. Yigirma besh yildan buyon bir yostiqqa bosh qo‘yamiz.
Ikkinchisi dedi:
– Nega yigirma besh yil?
– Cholim qorovul bo‘lib ishlaydi. Bir kun uyda, bir kun navbatchilikda turadi.