USAIDning oziq-ovqat ko‘magi kimlarga tarqatiladi?

Milliy matbuot markazida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, Tibbiyijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi  va Xalqaro taraqqiyot agentligi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Ta’kidlanganidek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qiymati qariyb 400 ming dollarlik 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazib berdi. Keltirilgan yuk to‘yimli sabzavotlar va dukkaklilar aralashmasidan iborat bo‘lib, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya muassasalari va yordamga muhtoj oilalarga tarqatiladi.

– Bir yuz o‘ttizdan ziyod sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam muassasalaridagi, jumladan, “Covid-19” bo‘yicha karantin xizmatlarini ko‘rsatayotgan, ko‘p dori-darmonlarga chidamliligi bor sil kasaliga chalingan bemorlarga uzoq muddatli yordam berayotgan mamlakatdagi 30 mingdan ziyod eng yordamga muhtoj fuqarolar, bolalar uylari va psixiatrik muassasalar mazkur yordamni oladi, – dedi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nozimjon Mo‘minov.

  •  Mazkur dastur O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ovqatlanish sifatini yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamida sog‘lom va samarali turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqati bo‘lishini ta’minlash borasidagi doimiy hamkorlikni namoyish etadi, – dedi USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit. – 2010 yildan buyon USAIDning oziq-ovqat ko‘magini berish xalqaro hamkorlik dasturi doirasida qiymati 3,5 million dollardan ziyod 1300 tonna oziq-ovqat yordami O‘zbekistonga yetkazib berildi. Beg‘araz yordam sifatida berilgan bu oziq-ovqat mahsulotlari Amerikaning “Resource and Policy Exchange” notijorat tashkiloti tomonidan “Sog‘lom avlod uchun”  xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda tarqatiladi.

O‘zbekistonga yaqinda keltirilgan bu gumanitar yordam AQSHning sog‘liqni saqlash sohasiga kiritgan 122 million AQSH dollaridan ziyod uzoq muddatli sarmoyasining davomi bo‘lib, so‘nggi 20 yil mobaynida berilgan umumiy yordam qiymati 1 milliard dollaridan oshgan.

Anjumanda Toshkentdagi “Muruvvat” uyi, Respublika ixtisoslashgan fiziologiya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga quruq sabzavot aralashmasi shaklidagi insonparvarlik yordami xayriya sertifikatlari topshirilib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: