«HAYAT Medical Centre»ga press-tur tashkil etildi

HAYAT Medical Centre pandemiya davridagi yuksak ijtimoiy mas’uliyati uchun obro‘li “2020 yil brendi” mukofotini qo‘lga kiritgan eng yaxshi klinikalardan biridir.


Joriy yilning 22 may kuni Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tkazilgan “2020 yil brendi” mukofoti bilan taqdirlash marosimida HAYAT Medical Centre ko‘p profilli klinika sifatida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

– O‘tgan yilimiz butun dunyodagi tibbiyot xodimlari uchun murakkab yil bo‘ldi, –deydi HAYAT Medical Centre bosh direktori Nuriddin Nuritdinov. – Pandemiya biz, vrachlarning tibbiyotga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishga majbur qildi. Muhimi, odamlar salomatlik – bu insonning asosiy ehtiyoji ekanligini tushundilar.
O‘tgan yili tahdid kuchaygan paytda biz terapevtik statsionarimizni to‘laqonli COVID markazi sifatida qayta tashkil qilib, ushbu yo‘nalishda ishlashni boshladik. 2020 yil davomida mazkur murakkab virusdan 600 nafar bemorni tuzatdik. Har bir bemor – bu qutqarib qolingan hayot, oilasiga qaytarilgan hazrati insondir.

Press-tur mobaynida jurnalistlar HAYAT Medical Centre tarkibidagi diagnostika, HAYAT KIDS bolalar bo‘limi va 150 o‘ringa egan zamon standartlari va ISO sertifikatini birinchilar qatori qo‘lga kiritgan statsionar bilan tanishdilar.
HAYAT Medical Centre diagnostikasi – bu zamonaviy laboratoriyaviy va asbob-uskunali tadqiqot uslublari bo‘lib, eng murakkab kasalliklarni ham rivojlanishining ilk bosqichlarida diagnostikalash imkonini beradi. Bu yerda ko‘p yillik tajribaga ega yetakchi mutaxassislar bemorlarga aniq tashxis qo‘yadilar va samarali davolashni tayinlaydilar. Chet elda muntazam malaka oshirib borish vrachlarga diagnostika va davolashning innovatsion uslublaridan foydalanish imkonini beradi.
HAYAT Medical Centre endokrinologiya, ginekologiya, urologiya, oftalmologiya, otolaringologiya, nevrologiya, pulmonologiya, qon-tomir jarrohligi va bolalar plastik jarrohligi yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatadi.

Eng muhimi, bu statsionarda yuqori aniqlikka ega lazer jihozi zamonaviy kam invaziv usulda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish imkonini beradi.
HAYAT KIDS bolalar bo‘limi – bu bo‘lim ham yetakchi bolalar nevropatologlari, ortopedlari, jarrohlari, pediatrlari va urologlari demakdir. Bu – bolalar hayotining ilk yillaridanoq diagnostika va kompleks tibbiy ko‘mak demakdir.
Statsionar HAYAT hospital statsionari esa salomatlik qadriga yetuvchi barcha uchun zamonaviy, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan davolanish ochiq maskanidir.
Majmua ilg‘or tibbiy jihozlar, tajribali xodimlar va yashash uchun qulay sharoitlarni o‘zida uyg‘unlashtirganligining guvohi bo‘ldik. Statsionarda surunkali kasalliklar – qandli diabet, yurak va buyrak yetishmovchiligi, insultdan keyingi reabilitatsiyani diagnostikalash, oldini olish va davolashda barcha zamonaviy texnologiyalar mavjud.

«Hayat Hospital»da fizioterapiya, massaj, shuningdek, 5 mahal restoran taqdimidagi parhez taomlar, davolash jismoniy tarbiyasi, suv muolajalari, basseyn, yashash uchun barcha qulay sharoitlar ham bir martalik to‘lov ichiga kiritilgan.


Aytish joizki, hayot oqimi bizdan mudom shoshib yurishni talab qiladi. Ammo salomatlik oqsaganda boshqa narsalar ikkinchi darajali bo‘lib qoladi.
Shu bois inson hayotdan quvonch va bahra olishi uchun birinchi o‘rinda o‘z salomatligiga e’tibor berishi, o‘zini turli kasalliklardan asrashi, atrofdagilarga mehr-muhabbat ko‘rsata olishi insoniylikning asl namunasidir. Ana shularni e’tiborga olgan holda salomatligingizni tiklash va davolanish istagida bo‘lsangiz, «Hayat Hospital» sizga zamonaviy turdagi eng yuqori tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga tayyor.

Yana o‘qing:  VUJUD QO‘RG‘ONI HIMOYASIDA

Qiziqarli va mazmunli o‘tgan pressturda jurnalistlar mamlakatimizda tibbiyot sohasida ro‘y berayotgan yuqori islohotlar va zamonaviy tibbiyotning eng sara namunalari va amaliyoti bilan tanishdilar.

Maryam AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: