Ezgulik yo‘li

«Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi aholi genofondini saqlash va yaxshilash, ona va bola salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni tarbiyalashda oila roli hamda aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda qator chora-tadbirlarni bajarib kelmoqda.

Fond tomonidan aholiga ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam tashkil yetish uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi shakllantirilgani 1996 yildan buyon 5 milliondan ortiq fuqarolarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va 700 mingdan ziyod oilaning ijtimoiy holatini o‘rganish imkonini berdi. Ko‘rik natijalari bo‘yicha ularga profilaktik, tibbiy va gumanitar yordam ko‘rsatildi.
1996 – 2020 yillar davomida Fond xalqaro tashkilotlardan 1113 marta 549 million 126 ming AQSH dollari qiymatidagi gumanitar yuklar (dori-darmon, sanitariya-gigiyenik vositalar, tibbiy vositalar, nogironligi bor shaxslar uchun aravachalar) qabul qilib, respublikaning davolash va ijtimoiy muassasalariga yetkazib berdi.
Germaniya, Koreya Respublikasi, Hindiston va bosh­qa mamlakatlar xalqaro xayriya fondlarining doimiy moliyaviy ko‘magida tug‘ma kasalliklar bilan og‘rigan bolalar yetakchi chet el klinikalarida sog‘lomlashtirilmoqda. Mazkur samarali hamkorlik natijasida 36 928 kishi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 2130 nafar bemor O‘zbekistonda, 586 nafari esa chet elda turli jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Bundan tashqari, Germaniya, Koreya Respublikasi grantlari asosida 6698 nafar bemor bolaga, shuningdek, yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 1122 nafar bolaga O‘zbekiston klinikalarida mahalliy mutaxassislar tomonidan jarrohlik amaliyoti ko‘rsatildi.
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘plab xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, Harakatlar strategiyasining 4-yo‘nalishi bo‘yicha, ya’ni aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning «Peace Village International» xalqaro tashkiloti o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma doirasida har yili 2 marta respublikamizning barcha viloyatlaridan bemor bolalar Germaniyaning nufuzli klinikalariga davolanishga yuborilmoqda. O‘tgan 19 yil mobaynida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar bepul davolab kelinmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila farzandlariga ko‘rsatilayotgan yordam samarasida ko‘plab bolalar sog‘lom hayotga qaytmoqda. Shu o‘rinda aytish kerakki, 2002 – 2021 yillar davomida 410 nafar o‘zbekistonlik bemor bola tananing kuyish asoratlari, tug‘ma oshqozon-­ichak, siydik va nafas yo‘llari hamda tayanch-harakat tizimi tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishga yuborildi.

Joriy yilning 16 fevral kuni 10 nafar bemor bola Germaniya klinikalarida sog‘lomlashtirilib, uyiga qaytgan edi. 20 may kuni fond xodimlari hamrohligida 15 nafar bemor bola Germaniya klinikalariga uzoq muddatli davolanishga yuborildi va shu kuni ilgari davolanishga yuborilgan bemor bolalardan 3 nafari sog‘lomlashtirilib, ota-onalari bag‘riga qaytib kelishdi. Bugungi kunda 17 nafar bemor bola Germaniya klinikalarida davolanishni davom ettirishmoqda.

Shuningdek, «Friyedenzdorf interneyshnl» xalqaro tashkiloti grantlari hisobidan bemor bolalar respublikamiz klinikalarida operatsiya qilinib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, yuqori lab va tang­layning nuqsoni, oyoq hamda bo‘yinning ortopedik nuqsoni va kuyishdan keyingi nuqsonlari bo‘lgan 158 nafar bola (Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Andijon va Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida) jarrohlik yo‘li bilan operatsiya qilindi.
Germaniyaning «Friyedenzdorf interneyshnl» xalqaro xayriya tashkiloti grant mablag‘lari doirasida murakkab turdagi yurak tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan 20 nafar bemor bola «Era Med» klinikasida va 17 nafari «Ezgu niyat» MCHJ klinikasida, 14 nafar bemor bola Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va 15 nafar bemor bola Samarqand viloyat «Maqsud Akmal yurak-qon tomir markazi» MCHJda, umuman, jami 125 nafar bemor bola operatsiya qilinib, sog‘lomlashtirildi.

E’tirof etish joizki, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tomonidan bu kabi xayrli ishlar samarali davom ettirilmoqda.

 Jumabek NUROV,

Yana o‘qing:  MTMga qamrab olinmagan bolalarga kitob­lar tarqatilmoqda

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi

bo‘lim boshlig‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: