Ish jarayonida tik turgan holda ishlovchi kasb egalari uchun mashqlar

Barcha mashqlar stulda o‘tirgan holda bajariladi, faqatgina 4-mashqdan tashqari.

  1. Stulda o‘tirib, oyoqlar tovonini polga tekkizgan holda, cho‘zamiz, chap qo‘limizni bosh orqasiga ko‘taramiz va chuqur nafas olamiz;
    – qo‘llarni bo‘sh tutgan holda, pastga tushiramiz va nafas chiqariladi, o‘ng qo‘limizni bosh orqasiga ko‘taramiz va chuqur nafas olamiz;
    – qo‘llarni bo‘sh tutgan holda, pastga tushiramiz va nafas chiqaramiz (6-8 marta bajariladi).
  2. Oyoqlarni cho‘zgan holda, qo‘llar ko‘krak oldiga qo‘yilib, gavdani o‘ng tomonga, so‘ngra chap tomonga buramiz va oldingi holatga qaytamiz (8-10 marta har bir oyoqqa bajariladi).
  3. Oyoqlarning tovonini polga tekkizgan holda, oldinga qarab cho‘zib, qo‘llarni tepaga ko‘taramiz va pastga egilamiz; shundan so‘ng qo‘llarni yerga tekkizib, tiklanamiz, qo‘llarni tepaga ko‘taramiz, oyoqlarni juftlashtirib oldingi holatga qaytamiz (6-8 marta bajariladi).
  4. Stolga yuz tomon bilan qarab, uni qo‘l bilan ushlab, o‘ng oyoqni orqaga, oldingi turgan holatga qaytib, o‘tirib turiladi, xuddi shu mashq chap oyoq bilan qaytariladi (8-10 marta bajariladi).
  5. Oyoqlarni cho‘zib, qo‘llar belda, oyoqlarni chap tomonga so‘ngra o‘ng tomonga harakatlantiramiz. Oldingi holatga qaytib, oyoqlarning uchi bilan ketma-ket tepaga pastga tushiramiz (10-12 marta bajariladi).
  6. Stulda o‘tirgan holda, qo‘llarni boshdan tepaga ko‘tarib, sekin orqaga egilamiz, qo‘llarni tushirib, o‘ng oyoqni ko‘tarib, qo‘llar bilan qarsak chalamiz, xuddi shu mashqni chap oyoq bilan qaytaramiz (6-8 marta bajariladi).
  7. Stulda o‘tirgan holda, qo‘llar bilan yelkani ushlaymiz, o‘ng oyoqni oldinga qarab cho‘zamiz, qo‘llarni bo‘sh qilgan holda yonga cho‘zib, oldingi holatga qaytamiz, huddi shu mashqni chap oyoq bilan qaytaramiz (5-6 marta bajariladi).

Nodira KARIMOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Yer ostida ham qalampir o‘sadimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: