Yoshlarning moliyaviy ko‘makchisi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Umumjahon pul haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovi natijalari e’lon qilindi. Unda Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan Farhod Boltayev murabbiyligidagi dars mashg‘uloti g‘olib deb topildi.


Biz kundalik hayotimizda har kuni duch keladigan jarayonlar, pul bilan bog‘liq xatti-harakatlar moliya sohasini o‘z ichiga oluvchi alohida dunyodir. Shu bois moliyaviy savodxonlik moliya va moliya dunyosida oqilona qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan tushuncha, bilim va ko‘nikmalar majmuasi hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Umumjahon pul haftaligi”dan bolalar hamda o‘smir yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan qator loyihalar o‘rin olgan. Shunday tadbirlardan biri “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovi joriy yilda tijorat banklari orqali respublikaning barcha ta’lim muassasalarini keng qamrab oldi.
Xususan, «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan ushbu tanlov Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablari hamda mehribonlik uyida tashkil etildi. Natijada, Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Farhod Boltayev tomonidan tayyorlangan dars mashg‘uloti tanlov mezonlariga loyiq topilib, g‘olib bo‘ldi.

– GMW doirasidagi mazkur tanlov, avvalo, ta’lim tizimi uchun moliyaviy savodxonlik sohasida ta’lim sifatini oshirishga, bu borada pedagoglar tajribasini shakllantirishga va o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, – deydi F.Boltayev. – Tadbir o‘quvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirishga ko‘maklashib, ularning moliya, jamg‘arma, investitsiya va biznes haqida erta tushunchaga ega bo‘lishi hamda o‘z sarmoyasini to‘g‘ri boshqarib, shaxsiy hayotini chiroyli bunyod etishlarida muhim omil bo‘ladi.

O‘quvchi-yoshlar uchun Bankning Surxondaryo mintaqaviy filialiga qarashli Bank xizmatlari markazlariga ekskursiyalar tashkil etilib, ular ilg‘or bank uskunalari va texnologiyalari hamda moliyaviy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.

– So‘nggi yillarda raqamli moliyaviy xizmatlar anchayin rivojlandi, mamlakatimizga yangi moliyaviy texnologiyalar, vositalar hamda chakana bank xizmatlarining kirib kelishi jadallashdi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Surxondaryo mintaqaviy filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Komil Nurmuhammedov. – Bu, o‘z navbatida, muntazam ravishda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va zamonaviy bank xizmatlari bilan tanishtirib borishni taqozo qiladi. Jumladan, “Umumjahon pul haftaligi” xalqaro ta’lim kampaniyasi ishi esa mana shu jihatlariga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana o‘qing:  YILNING ENG YAXShI FAN O‘QITUVCHISI

Maryam AHMEDOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: