Buyrak va jigar qanday tozalanadi?
Jigar va buyrak inson organizmida tabiiy filtr vazifasini o‘taydi. Jigar qondan har xil zahar moddalarni olib, ularni zararsizlantiradi.
Haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish, yog‘li, qovurilgan, tuzlangan, dudlangan narsalar, spirtli ichimliklar va tamaki buyrak va jigarga juda zararli hisoblanadi.
Buyrak va jigarni tozalashda xalq tabobatida bir necha xil usullar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari quyidagilardir. Malina asosida tayyorlangan ichimlik. 3 osh qoshiq malina yaproqlari yarim litr qaynoq suvga solinadi va 15-20 daqiqa damlab qo‘yiladi. Keyin malina barglari olib tashlanadi va quritilgan malina mevalari suvga tashlanadi. Har kuni yarim stakandan uch mahal ichiladi.
Jigarni tozalashda lavlagi ham yordam beradi. Bir necha lavlagi olinadi va po‘stlog‘i tozalanib, ezilib pishgunga qadar uzoq vaqt qaynatiladi. Bu suyuqlikni kuniga bir necha marta ikki hafta davomida ichish lozim bo‘ladi.
Makkajo‘xorining po‘pig‘ini choy kabi damlab, ikki-uch hafta davomida suv o‘rnida ichish kerak.
Yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlangan turli xil sharbatlar ham jigar faoliyatini yaxshilashga ta’sir ko‘rsatadi.
M.QODIROVA tayyorladi