JCHning rasmiy to‘pi tanishtirildi

Rio-de-Janeyroda 2014 yil Braziliyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati to‘pining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Brazuca” deb nomlangan yangi to‘p Braziliyaning “Fluminense” klubi hujumchisi Fred tomonidan namoyish etilgan.

Ishlab chiqaruvchi firma esa ushbu to‘pning nusxalari Braziliyaning jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan 12 ta shahrida 3 dekabr kuni tug‘ilgan barcha bolalarga sovg‘a qilini aytdi.

To‘pni nomlash borasida o‘tgan yili umummilliy ovoz berishlar o‘tkazilib, unda 78 foiz aholi Brazuca nomini tanlashgandi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatlari 1970 yildan boshlab o‘zining maxsus to‘plariga ega bo‘lib kelmoqda. 2010 yil JARda o‘tgan mundialda Jabulani to‘plaridan foydalanilgandi.

Internet materiallari asosida F.Tolipov tayyorladi

Yana o‘qing:  Qahva qoldig‘i yordamida uylar isitiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: