Ish jarayonida o‘rta jismoniy kuch talab etiladigan kasb egalari uchun mashqlar
- Turgan joyida, oyoqlar birga; qo‘llarni tepaga ko‘tarib, oyoqlar uchida turib, chuqur nafas olinadi; qo‘llarni pastga tushirib, oldingi holatga qaytib nafas chiqariladi;
- Oyoqlar yelka kenglida ochilib, o‘ng qo‘l yon tarafga cho‘ziladi, chap qo‘lni belga qo‘ygan holda, gavda o‘ng tomonga, keyin chap tomonga qarab buriladi, qo‘llarni cho‘zganda nafas olib, belga qo‘yilganda nafas chiqariladi, keyin qo‘llar almashtiriladi;
- Qo‘llar yon tomonlarga cho‘zilib nafas olinadi; gavdani pastga engashtirib, qo‘llarni X holatiga keltirib, nafas chiqariladi;
- Oyoqlarning uchida turib, qo‘llar belda, sakraladi, turgan joyda yuguriladi;
- Turgan holda oyoqlar yelka kengligida ochiladi, qo‘llarni yon tarafga keyin tepaga ko‘tarib nafas olinadi; gavdani engashtirib, qo‘llar bilan o‘ng oyoq barmoqlariga tekizib oldingi holatga qaytiladi;
- Oyoqlar yelka kengligida ochilib, o‘ng qo‘lni boshga qo‘ygan holda nafas olinadi, chap qo‘l yon tarafga cho‘ziladi; keyin chap qo‘llar boshga qo‘yiladi, o‘ng qo‘llar yon tarafga cho‘ziladi; qo‘llar almashgan vaqtda nafas chiqariladi;
(Har bir mashq 5– 6 marta takrorlanadi).
Nodira KARIMOVA
tayyorladi