HARBIYLAR UCHUN TIBBIY KO‘RIK
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida tizimli ishlarni olib bormoqda.
Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida fondning tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi orqali so‘ngi ikki oy davomida 72 ta harbiy ob’yektda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning 6650 nafar oila a’zolari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik davomida ultratovush, elektrokardiografiya, kolposkopiya tekshiruvlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida 4820 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy multimedia texnologiyalarini qo‘llagan holda ma’ruzalar tashkil etilib, mavzularga oid videofilmlar namoyish qilindi.
Svetlana INAMOVA,
“Sog‘lom avlod uchun”
xalqaro xayriya fondi
Boshqaruvi raisi