Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik

Sirdaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida markaz shifokorlari va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyat filiali xodimlari hamkorligida Sirdaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida yurak-qon tomir, bronxial astma va nafas yo‘llari, oshqozon-ichak trakti, endokrin tizim, yuqori nafas yo‘llari sohalarda kechayotgan patologik o‘zgarishlar o‘rganilib, surunkali kasalligi borlarga davolanish uchun tavsiyalar hamda «Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyat filiali xodimlari tomonidan bepul dori-darmonlar berildi.

– Biz bu ishlar bilan to‘xtab qolmaymiz. Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari xodimlari bilan boshqa, shunga o‘xshash qator loyihalarni, tibbiy ko‘riklarni tashkil etib, eng chekka qishloq hududlariga patronaj brigadamiz bilan borib, aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish barobarida fondimiz hisobidan bepul vitamin komplekslarini, dori darmonlarni berib, ularga yordam beramiz. Bu esa bizning bosh maqsadimiz deydi, – «Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyat filiali rahbari, oliy toifali shifokor Yulduz Usmonova.

Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

Yana o‘qing:  Zamonaviy tibbiyot yutuqlari namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: