«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali xodimlari Andijon shahridagi «Sog‘lom turmush» MFYda yakka yolg‘iz otaxon, onaxonlar va kam ta’minlangan oilalar a’zolaridan 105 nafarini manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari Arnasoy tumanidagi «Chinobod» QFY, «Oltin vodiy» MFY, Zarafshon QFY, Navro‘z qo‘rg‘oni «Baxtli» MFYlarda 442 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Kam ta’minlangan, ko‘p bolali, boquvchisi yo‘q, nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalarga xayriya yordamlari ko‘rsatildi. 112 nafar kishi UTT tekshiruvidan o‘tkazildi. Yotib qolgan nogironlar, bemorlardan manzilli xabar olindi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Surxondaryo viloyati hududiy filiali xodimlari Termiz tumani Qahramon mahallasida joylashgan 5-maktabning 167 nafar o‘quvchi qiz va o‘qituvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 137 nafariga dori-darmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Samarqand viloyati hududiy filiali xodimlari Toyloq tumanidagi Bunyodkor, Nayman, Ravot, Adolat kabi bir qator mahallalarda yashovchi oilalar vakillaridan 467 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 136 nafar kishiga UTT, 28 nafar kishiga EKG tekshiruvi tashkil etildi. Ehtiyojmand oilalarga dori-darmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali xodimlari Guliston shahridagi N-harbiy qism harbiy xizmatchilarining 78 nafar oila-a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari Nurafshon shahri «Ma’rifat» MFYda yashovchi 46 nafar kishini tibbiy ko‘rik va UTT tekshiruvidan o‘tkazishdi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali xodimlari Karmana tumanidagi «Navro‘z» MFYning Obod, Birlik ko‘chalarida yashovchi homilador, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron bo‘lgan 87 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 33 nafar kishiga dori-darmonlar tarqatildi.