Ibn Sino ta’limoti – fan taraqqiyotida

Buxoro shahrida “Ibn Sino ta’limoti – fan taraqqiyotida” mavzusida VII xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Ibn Sino jamoat fondi, Buxoro Davlat tibbiyot instituti va yana bir qator tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda 200 nafarga yaqin soha mutaxassislari, olimlar, talaba yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda alloma ta’limotini fanning turli yo‘nalishlari – falsafa, mantiq, tibbiyot, dorishunoslik, aniq fanlar, musiqashunoslik, psixologiya, xalq tabobati, ma’naviy-ma’rifiy va ekologiya yo‘nalishida qo‘llanilishi va chuqur o‘rganilishi haqida so‘z bordi. Shuningdek, tadbirda soha mutaxassislari Ibn Sino ta’limotini ilmiy izlanishlar, loyihalar, seminar va tadbirlar shaklida rivojlantirish xususida ham o‘zaro fikr almashdi.

Anjuman so‘nggida ishtirokchilar uchun Buxoro shahridagi tarixiy yodgorliklarga sayohat uyushtirildi.

Sherzod ZOKIRXODJAYEV,

Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi

Yana o‘qing:  Obod diyorning baxtiyor bolasiman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: