Zamin ohanglari

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat unitar korxonasi, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi kabi tegishli tashkilotlar hamkorligida Bolalar folklor jamoalarining “Qo‘hna zamin ohanglari” respublika telefestivalini o‘tkazishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yilda qabul qilingan “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bolalar folklor jamoalarining “Qo‘hna zamin ohanglari” respublika telefestivali joriy yilning dekabr oyidan 2014 yilning apreligacha o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan bolalar folklor jamoalari ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishdan iborat.

Bolalar folklor jamoalarining “Qo‘hna zamin ohanglari” respublika telefestivalida birinchilardan bo‘lib, Surxondaryo viloyati Boysun tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi qoshidagi “Quralay” bolalar folklor-etnografik ansambli o‘zining yangi tomosha dasturi bilan ishtirok etadi.

Muhammadjon QOZOQBOYEV,

Respublika Xalq ijodiyoti markazi bo‘lim boshlig‘i

Yana o‘qing:  Toshkent poliklinikalari tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata boshlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: