«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali xodimlari Andijon viloyati hududiy TIP brigadasi va viloyat o‘smirlar poliklinikasi tibbiyot xodimlari bilan birgalikda Andijon shahrida joylashgan N-harbiy qism harbiylari va ­oila a’zolaridan 101 nafarini manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani «Iftixor» MFYda va Yangiyer shahrida joylashgan N-harbiy qismda tibbiy ko‘rik tashkil etdi. Aholi va xizmat kilayotgan harbiylar oila ­a’zolaridan 304 nafar kishi bunday imkoniyatdan foydalandi. 87 nafar nafar ehtiyojmand aholi vakillariga dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari Arnasoy tumanidagi Cho‘lquvar, Do‘stlik, Gulbahor kabi mahallalardan 476 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 346 nafar ehtiyojmand aholi vakillariga xayriya yordamlari ko‘rsatildi. Yotib qolgan nogironlar, bemorlardan manzilli xabar olindi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali xodimlari Karmana tumanidagi «Do‘stlik» MFY Mevazor, Ibn Sino, Nodirabegim ko‘chalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 96 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, 28 nafariga dori-darmon vositalaridan iborat insonparvarlik yordamini bepul yetkazib berdi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali xodimlari Farg‘ona shahridagi 1va 2-oilaviy poliklinikalar, «8 mart» va «Sharshara» MFYlarda bo‘lib, hududda yashovchi aholi vakillaridan 396 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 120 nafar kishi UZD, 36 nafar kishi EKG qilindi. Dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy filiali Urganch shahar «Mashal» MFYda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironi, keksa onaxon, otaxonlari bor oilalardan 108 nafar kishiga tibbiy ko‘rik tashkil etdi. Muruvvat yordami sifatida 45 nafar kishiga dori-darmonlar tarqatildi. Koronavirus epidemiya­si, virusdan himoyalanishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi.

Yana o‘qing:  Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: