Sog‘liqni saqlash vazirligi: KORONAVIRUSGA ChALINGAN HOMILADOR AYOLLARGA QANDAY ShAROITLAR YARATILGAN?

Mamlakatimizda koronavirusga chalingan bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, homiladorlarga o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha qulayliklarga ega 16 ta tug‘ruq komplekslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugun ushbu maskanlarda homilador ayollarning o‘ziga va homilasiga zarar yetkazmagan holda xalqaro standartlar asosida davo choralari qo‘llanilmoqda. Jumladan, poytaxtimizdagi 3-tug‘ruq majmuasi ham aynan koronavirusga gumon qilingan va ushbu kasallikka chalingan homilador ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelyapti.

Shifoxonaga joylashgan homilador ayollar umumiy holatidan kelib chiqib, o‘rtacha 7-8 kun, yondosh kasalliklari bor yoki virusning og‘ir turini yuqtirgan homiladorlar esa 10-12 kundan 15 kungacha davolanmoqda.


– Homiladorlikning bir va uchinchi oyligida koronavirus og‘ir o‘tadi. Ayniqsa, yondosh kasalliklar – yurak-qon tomir, nafas a’zolari kasalliklari, qandli diabet, arterial gipertoniya, kamqonlik tashxisi bo‘lgan ayollar boshqalarga qaraganda kasallikni qiyin o‘tkazadi, – deydi 3-tug‘ruq majmuasi bosh shifokori Komiljon Jumayev. – Ushbu xastaliklar bilan bir qatorda homiladorlik davrida immunitet tushadi. Organizmning kasallikni yengishi qiyin kechishi mumkin. Xavfli o‘smalarning mavjudligi ham turli asoratlarga olib kelishi ehtimoli bor. Qolaversa, ayolning avvalgi homiladorlikda kuzatilgan preeklampsiya, arterial bosimning oshishi, qon ketishi, qon ivishining buzilishi, muddatdan oldingi tug‘ruqlar, turli jarrohlik amaliyotlari ham xavf omillari hisoblanadi.
Umuman olganda, majmuamizga yotqizilgan har bir bemor alohida nazorat ostiga olingan. 142 nafar malakali va fidoyi tibbiyot xodimlaridan iborat jamoamiz har kuni homilador ayollar bilan suhbat o‘tkazmoqda.
Koronavirusga qarshi kurashda kayfiyatning a’loligi muhim o‘rin tutadi. Shu sabab har bir bemorning, avvalo, shirin so‘zimiz, e’tiborimiz va ko‘rsatayotgan malakali tibbiy xizmatimiz bilan shifo topishiga harakat qilmoqdamiz.

Aytish lozimki, ushbu shifoxonada epidemiologik vaziyat qat’iy tartib asosida nazoratga olingan. Tug‘ruq jarayonlari xalqaro tavsiyalar asosida qat’iy sanitariya talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilmoqda.
Tug‘ilgan chaqaloqlar 12-24 soat davomida koronavirus infeksiyasiga tekshirilmoqda. Amaliy qo‘llanmaga muvofiq ish olib borayotgan shifokorlar ona va bolani tunu kun nazorat qilib bormoqda. Go‘dak va ona o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Bolaga koronavirus yuqtirmasdan ko‘krak suti bilan oziqlantirish borasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
– Go‘dak uchun ona sutidan a’lo ne’mat bo‘lmasa kerak. Onada yuqori isitma yoki virusli infeksiyaning boshqa alomatlari bo‘lsa, shifokor ko‘krak suti bilan o‘tadigan va bolaga zararli ta’sir qiladigan dori vositalarini buyurgan bo‘lsa, ko‘krak bilan boqish davolash vaqtida to‘xtatiladi. Lekin imkon qadar bolani ona suti bilan oziqlanish imkoniyatidan bebahra qilmaslik zarur. Negaki, chaqaloqda immunitet shakllanishi ona suti bilan birgalikda kechadi, – deydi Komil Jumayev.
Homiladorlik davrida o‘tkazilishi muhim bo‘lgan tibbiy ko‘riklar bor. Jumladan, homilador ayollar «COVID-19»ni yuqtirgan yoki yuqtirmagan bo‘lishidan qat’iy nazar aniq belgilangan muddatlarda tekshiruvdan o‘tish­lari shart. O‘z vaqtida tahlillarni topshirish, UTT tekshiruvidan o‘tish, shifokorlar bilan maslahatlashish lozim. Akusherlik skrining tekshiruvi – akusherlik va neonatal asoratlarni kamaytirish kafolatidir.

– Hid va ta’m bilmaslik alomatlari bilan shifoxonaga joylashdim, – deydi bemor Ra’no Qodirova. – Tahlil natijalari menda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Shifokorlar bor bo‘lishsin, a’lo darajada yordam berishdi. Bir hafta oldin o‘g‘illi bo‘ldik. ­Oilamiz bag‘riga qaytishga tayyormiz. Yaratilgan sharoitlardan barchamiz minnatdormiz. Barcha homilador ayollar tibbiy xizmatdan bepul foydalanishmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Yana o‘qing:  Teri saratonini erta aniqlash mumkin

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: