«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali xodimlari Izboskan tumani «Michurin» MFYda yashovchi 118 nafar kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz otaxon va onaxonlarni, ayollar hamda bolalarni manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali xodimlari Karmana tumanidagi Allon, Nurafshon, Malik mahallariga qarashli Podkaron, Uzumzor, Farhod, Gulshan, Gulzor qishloqlarida yashovchi nogiron, boquvchisini yo‘qotgan oilalar a’zolari va homilador ayollardan 336 nafarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 139 nafar fukaroga bepul dori-darmonlar yetkazib berildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali xodimlari bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 3-qishloq oilaviy poliklinikasida tibbiy ko‘rik tashkil etdi. Dori-darmonlar, tibbiy qo‘llanmalar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Samarqand viloyati hududiy filiali xodimlari tomonidan Samarqand tumanidagi Andijoniy, Havola, Mirodilov mahallalarida yashovchi ehtiyojmand oilalar vakillaridan 149 nafar kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, dori-darmonlar berildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Surxondaryo viloyati hududiy filiali xodimlari Muzrobod, Angor tumanlari Milliy gvardiya bo‘limlari oila-a’zolari, N-harbiy qism xizmatchilari oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishib, dori-darmonlar tarqatishdi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali xodimlari G‘uzor tumanidagi «Guliston» MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj 101 nafar fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari Qibray tumanining Arg‘in, Baytqo‘rg‘on mahallarida yashovchi 90 nafar kishiga dori-darmonlar tarqatishdi. UTT tekshiruvi tashkil etildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi mutaxassislari Toshkent shahar Uchtepa tumani Xurshid, Hojiobod, Bekobod maxallalarida tibbiy ko‘rik tashkil etdi. 81 nafar kishi UTT, 36 nafar kishi EKG tekshiruvidan o‘tkazildi. Dori-darmonlar tarqatildi.