«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali xodimlari Nukus tumani Aydosbiy, Kumaykus, Berdax ko‘chalaridagi 47 nafar bolalikdan nogiron, yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan manzilli xabar olishdi. Ularga kerakli dori-darmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy fi- liali xodimlari Paxtaobod tumanidagi «Toshko‘rg‘on» MFY aholisining 110 nafar kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz otaxon va onaxonlarni, ayollar hamda bolalarni manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Doridormonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.
***
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy filiali xodimlari Xonqa tumani Paxtakor, Obod mahallalarida kam ta’minlangan oilalar vakillarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Ularga doridarmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni arafasida Karmana tumani va Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi 25 nafar faxriy tibbiyot xodimlari holidan xabar olib, kasb bayrami bilan tabriklashdi. Ularga dori-darmon vositalaridan iborat insonparvarlik yordamlari yetkazib berildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali xodimlari Guliston shahar «Yuksalish» mahallasida istiqomat qiluvchi 50 nafar kam ta’minlangan, nogiron va ko‘p bolali oila vakillari holidan xabar olishdi. Ularga dori-darmonlar tarqatildi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari O‘rta Chirchiq tumanining chekka hududi hisoblangan Beshboy maxallasining Tayanch ko‘chasida istiqomat kiluvchi 61 nafar kam ta’minlangan, nogironi bor oilalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. UTT tekshiruvidan o‘tkazib, ularga dori-darmonlar tarqatishdi.
***
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani Degrez mahallasida 50 nafar kishiga xayriya dorilari tarqatildi.