Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli tibbiyot sohasi fidoyilari!
“Sog’lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi va “Sog’lom avlod” gazetasi jamoalari
yurtimizdagi barcha tibbiyot sohasi vakillari – salomatligimiz posbonlarini
TIBBIYOT XODIMLARI KUNI
bilan qutlaydi.
Bugungi sinovli onlarda amalga oshirayotgan ishlaringiz haqiqiy jasorat namunasidir. Xalqimiz Sizning timsolingizda el salomatligi yo‘lida halovatidan kechib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘radi.
Qadrli shifokorlar!
Birdamlik va hamjihatlikda amalga oshirayotgan ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilaymiz!
HAMISHA E’ZOZ VA EHTIROMDA BO‘LING, AZIZLAR!
Abdulla ORIPOV,
O‘zbekiston xalq shoiri
ShIFOKOR
Shifokor bo‘lishni xohlading yakkash,
Boshqa kasbu kordan tamom kechgansan.
«Xudo ursin» degan kalomga o‘xshash,
Gippokrat nomiga qasam ichgansan.
Arab shayximi u, podachimi yo,
Sening qabulingda oddiy bir bemor.
Qonun quvlab yurgan o‘g‘rini hatto,
Davolashing shartdir, chunki va’dang bor.
Seni shogirdidek yaratgandir Rab,
Hayoting insonga baxshida butkul.
Aziz odam uchun tursang ham yig‘lab,
Yovuz bemordan ham uzolmaysan qo‘l.
Har qanday mushkulning topilar kori,
Havo bor bemoring yotgan xonada.
Faqat mehr degan noyob bir dori,
Uchramas hech qanday dorixonada.
Deyman, bari senda erur mujassam,
Xalating singari xizmating ham sof.
Gippokratga qancha ichmagin qasam,
Qalbingdan ketmasin Shafqat va Insof.