Tish nega kariyesga uchraydi?
Milklarning tez-tez kasallanib turishi birinchidan irsiy hisoblanadi. Ikkinchidan tishlarga yig‘ilgan toshlar hisobiga ham milklar yallig‘lanadi.
Bundan tashqari muzday narsadan ham milklar yallig‘lanadi. Hamda homilador ayollarda gormonal o‘zgarishlar hisobiga milklar kasallanishi mumkin.
Yana bir sabab tishlarning noto‘g‘ri va nojips joylashuvi ham milklarning kasallanishiga sabab bo‘ladi. Chunki bunda milklarga yuk tushadi va natijada ular yallig‘lanadi.
Endi bevosita tishlarning kariyesga uchrashiga keladigan bo‘lsak, bunga sabab birinchi navbatda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslikdir. Ikkinchidan tish yuvish texnikasini bilmaslikdan ham tishlarga tosh yig‘iladi.
Tishlardagi toshlarni tez-tez tozalatib tursa ham keyin yana tosh yig‘ilishi so‘lakning tarkibiga ham bog‘liq. Agar so‘lak tarkibi quyuq bo‘lsa, achchiq va sho‘r ovqatlar yeyish oqibatida so‘lak o‘z vazifasini yaxshi bajara olmaydi va milklarda cho‘kma hosil bo‘ladi. Natijada esa o‘sha yerda yana tosh yig‘iladi. Agar so‘lak suyuq bo‘lib u vazifasini yaxshi bajarsa, tishlarga tosh yig‘ilmaydi. Chunki so‘lak ham birlamchi tish yuvish vositasi hisoblanadi.