Bolangizni skolioz kasalligidan asrang!

Ma’lumki, kasallikning oldini olish, uni davolashdan ko‘ra ancha oson kechadi. Shunday kasalliklar borki, ularni o‘z vaqtida aniqlamaslik, davolashda qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. Shulardan biri bolalardagi umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, ya’ni skoliozdir.

Yosh bolalarning har bir harakati uning kelgusi hayotidagi salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Afsuski, ko‘pgina ota-onalar aksariyat hollarda o‘z farzandining xatti-harakatlariga befarq bo‘ladilar. Shu o‘rinda sizda: «Bolaning qilayotgan harakatiga skolioz, ya’ni umurtqa pog‘onasi qiyshayishining nima daxli bor?», degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Skoliozni (umurtqa pog‘onasi qiyshayishi) keltirib chiqaruvchi omillar:

– 1 sinfga borayotgan bolangizga yelkaning bir tomoniga osiladigan sumka olib berasiz. Bu davrda bolangizning suyaklari hali to‘liq qotmagan bo‘ladi. Har doim bir tomonga sumkani osib yurish natijasida tana suyaklarining shu tomonga qiyshayishi kuzatiladi;

– farzandingiz uyda dars tayyorlayotgan vaqtida stulga to‘g‘ri o‘tirmasligi va shu stol-stullarni bolaning yoshiga to‘g‘ri kelmasligi ham kasallik yuzaga chiqishida yetakchi omillardan biri hisoblanadi;

– bolangiz erkin yurganda egilib yoki boshini egib yurishi mumkin, bu ham skoliozga sabab bo‘ladi;

– bolangiz raxit kasalligiga chalingan bo‘lsa, suyaklarda kalsiy yetishmasligi oqibatida umurtqa pog‘onasining qiyshayishi kuzatiladi;

– bolalarni og‘ir yuk ko‘tarishga majbur qilish tufayli umurtqa pog‘onasi qiyshayishi mumkin;

– prujinali karavotlardan foydalanish ham ana shu xastalikka sabab bo‘lishi mumkin;

– yosh bolalarning atrofiga yostiq qo‘yib, o‘tirishga majbur qilish oqibatida hali bunga tayyor bo‘lmagan nozik umurtqa pog‘onasida egilish holati paydo bo‘ladi;

– ovqatlanish ratsion tarkibida kalsiy saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi natijasida suyaklarning mustahkamligi buziladi. Bu ham skolioz kasalligining yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi.

Agarda qiz bolada skolioz kasalligi paydo bo‘lsa, voyaga yetib turmush qurgandan so‘ng unda tug‘ruq jarayoni qiyin kechadi. Bo‘yin yoki bel umurtqalarining qiyshayishi oqibatida ularda bukrilik holati vujudga kelishi yoki umurtqa pog‘onasining orasiga tuz va suyuqliklar yig‘ilishi mumkin. Bunday holatlar sodir bo‘lmasligi uchun, albatta, farzandlaringizning salomatligi haqida o‘z vaqtida qayg‘urishingiz lozim.

Ota-onalar bolalarini, avvalambor, bu kasalliklarga chalintirmaslikka harakat qilishlari maqsadga muvofiq:

– bolada raxit kasalligi bo‘lsa, uni o‘z vaqtida davolating;

– bola hali o‘tira olmasa, uni o‘tirishga majbur qilmang;

Yana o‘qing:  Laktostaz – talaba onalar xastaligi (mi?)

– maktabda o‘qiydigan farzandlaringizni stol-stulda to‘g‘ri o‘tirishga o‘rgating;

– bolangizga ikki yelkaga baravar osiladigan sumkadan foydalanishni tavsiya qiling;

– bolalarning ovqatlanish ratsionidan qatiq, sut, tvorog, baliq o‘rin olishi kerak;

– bolalarni sport to‘garaklariga qatnashishga undang. Chunki, sport – salomatlik garovidir;

– bolalarni tekis, yog‘och karavotlarda ko‘proq yotqizing. U bola umurtqasining tekis o‘sishiga yordam beradi;

– prujinali karavotlardan foydalanmang! U umurtqa pog‘onasi qiyshayishiga moyillik yaratadi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: