Bilasizmi?
Inson terisining 1 kvadrat santimetrida 100 ga yaqin og‘riq nuqtalari mavjud. Butun tanada esa ularning soni millionga yaqin.
* * *
Jigar orqali bir daqiqada 1,5 litr qon oqib o‘tadi, sutkada esa 2000 litr.
* * *
Qattiqlik bo‘yicha tish emalini kvarsga tenglash mumkin. Ma’lumki, eng o‘tkir qilichning ham bu emalga urilganda dami qaytadi.
* * *
Katta yoshli insonda qonning to‘liq aylanishi 20-28 soniyada ro‘y bersa, yosh bolada bu 15 soniya, o‘smirda 18 soniyani tashkil etadi. Bir sutkada qon tana bo‘ylab 1,5-2 ming marta aylanadi.
* * *
Inson tanasida 3 kg.ga yaqin mineral tuzlar mavjud bo‘lib, ularning 5/6 qismi skelet tarkibiga kiradi. O‘rta yoshli inson tanasida 300 gramm osh tuzi mavjud.