Qovun

Qovun etida o‘rtacha 9, 6 foiz uglevod bor. Shirin nafli qovunlarda uglevodlar 12-15 foizni tashkil etadi. Qovunda tarvuzga nisbatan betakarotin va vitaminlar S, RR, V9 ko‘p. U menaral moddalarga boy. Tarkibida temir, kaliy, natriy, ftor ko‘p miqdorda bor.

Qovun siydik, o‘t haydovchi xususiyatiga ega bo‘lgani uchun jigar, buyrak va qon-tomir kasallik­larini davolashda foydalidir. O‘tkir enterokolitlarda, kalitda va qandli diabetda tavsiya etilmaydi. Uning yetilgani ham, xomi ham siydik haydaydi. Buyrak va qovuqdagi mayda toshlar, ayniqsa, buyrakdagi toshni haydashda foyda qiladi.
Xalq tabobatida qovun parishonxotirlikni, diqqi nafas, bod, belangi, sil, kamqonlik, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi.
Ilmiy meditsinada qovunlar kishi asabini tinchlantiruvchi, podagraga davo, siydik haydovchi, ichni yumshatuvchi bavosil qabziyatlariga malhamlik qiluvchi omil sifatida tavsiya qilinadi. Jigar, ateroskleroz xastaliklariga yengillik beruvchi manba sifatida ham ishlatiladi.
Qovunning yurak, o‘pka faoliyatiga ijobiy ta’siri bor. Qaynatmasidan kosmetika sifatida foydalanish mumkin. U yuzdagi dog‘, sepkil va husnbuzarlarni ketkazishga yordam beradi.

Bo‘g‘inlardagi og‘riqda:
Ertalab va kechqurun 3 bo‘lakdan qovun yeyiladi. Bir haftadan so‘ng og‘riq yo‘qola boshlaydi.

Diatez, yurak kasalligi, artrit, ich qotishida:
Kuniga 1,5 – 2 kilogramm yangi qovun (har gal 300-400 gramdan) kun mobaynida yeyiladi. Ich qotishni ketkazish uchun 500 gramm yeyiladi.

Radikulitda:
1-3 stakandan 3 mahaldan qovun sharbati ichiladi.

Allergiyada:
Issiq hammom suviga 1 stakan qovun sharbati yoki bir bo‘lak qovun bo‘lagi solinadi va vanna qabul qilinadi. Davolanish kursi 7 mahal muolajani tashkil etadi.

Kuyishda:
Kuyib shishgan joy teshiladi va muzdek suvda yuvilib, ustiga qovun po‘stlog‘i qo‘yiladi.

Husnbuzarda:
Yuz qovun sharbati bilan yuviladi. Bir haftadan so‘ng husnbuzar yo‘qolib, yuz yaxshilanadi.

Xolida OCHILOVA,
Oliy toifali shifokor-endoskopist

Yana o‘qing:  EFIR MOYI SUN’IY KONSERVANTLAR O‘RNINI BOSADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: