Marjonaning quvonchi

Bolalik – beg‘ubor, go‘zalliklarga to‘la olam. Tengqurlar bilan o‘tgan o‘yinqaroq onlar, olamlarga sig‘may yayrashlar, kapalaklar ortidan quvlab ko‘ngillar hapriqishi… 2006 yilda dunyoga kelgan Marjona Boltayeva ham beg‘ubor bolalik zavqi ila yashar, lekin uni bir dard qiynab kelar, ya’ni u tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekardi.

Marjona kichikligidan ko‘plab shifoxona havosini tuydi. Uch yoshida ilk bor jarrohlik stoliga yotdi. Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi. Ota-onasining bu payt­dagi quvonchini ko‘rsangiz edi. Farzandini sog‘-omon qo‘liga olishgach hayajondan shifokorlarga nima deb minnatdorlik bildirishni bilishmasdi. Operatsiya qilgan vrach ularga farzandining ikkinchi operatsiya­sini 12 yoshida qildirish lozimligini qayta-qayta ta’kidladi. 

– Lekin, – deydi Marjonaning otasi Husan Shodmonov. – Operatsiya vaqti kelgan bo‘lsa-da uni o‘tkazish uchun qo‘lim kaltalik qildi. Xususiy shifoxonalar katta pul so‘radi. Bormagan joyim qolmadi. O‘zingda yo‘q olamda yo‘q. Shu muammo bilan bir yil o‘tib ketdi. Bu orada bir-ikki yaxshi insonlar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bolalar sog‘ligi yo‘lida ko‘plab xayrli loyihalarni amalga oshirib kelayotganini aytib, borib uchrashishimni maslahat berishdi…

Fond mas’ullari Husan akaning dardiga quloq tutishib, vaqtning tig‘izligi sabab darhol amaliy ishga o‘tishdi. Marjona fond ko‘magi bilan shu yil yilning iyun oyida “ERA MED” tibbiyot markazida ikkinchi bor jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.  

– Operatsiya bepul, fond loyihasi asosida qilindi.Ochig‘ini aytsam, bundan boshim ko‘kka yetdi. Ko‘zimdan yosh oqdi, – deya so‘zida davom etadi Husan aka. – Fond mas’ullari, operatsiya qilgan shifokorlarga mingdan ming rahmat. Bu yaxshiliklarini aslo unutmaymiz. Ayni kunlarda to‘liq sog‘ayib ketgan qizimning ko‘zidagi quvonchni ko‘rsangiz edi… Bundan onasi ikkimiz dunyolarga sig‘may beminnat yordam qo‘lini cho‘zgan insonlarni qayta-qayta duo qilyapmiz. Bizdan-da baxtli odamning o‘zi yo‘q.

Rakiya UBAYDULLAYEVA

Yana o‘qing:  Dillarga quvonch ulashib...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: