Boylikning boshi sog‘liq

Keksalarimiz duoga qo‘l ocharkan, sog‘lik-salomatlik, xotirjamlik abadiy bo‘lishini yaratgandan so‘rashadi. Darhaqiqat, sotib olib bo‘lmaydigan eng ulug‘ boylik ham aslida shudir. Buni boshidan turli xastaliklarni o‘tkazgan, halovati o‘rnini ayanchli og‘riqlar egallagan odam biladi.

Olti oy yurolmadim. Bir kun to`shakdan turmay yotishning azobini tasavvur qilib ko‘ring. Qanday og‘ir-a! Ko‘nglimga chiroq yoqsa yorishmas, ertangi kunim qanday bo‘lishini bilmasdim. His qilganim og‘riq, anglaganim tirik ekanim edi. Xudodan oyoqlarimga kuch ato etishini so‘rardim. Umidli dunyo, deganlaricha bor ekan. Jonkuyar shifokorlarning sa’y-harakati, tuganmas mehri tufayli yashashga, ertangi kunimga ishonch uyg‘ondi. Yolg‘izlik komidan qutulish baxtiga musharraf bo‘ldim. Do‘stlarimni ko‘rgim, ostona hatlab ko‘chaga chiqqim, tabiat go‘zalliklaridan bahra olgim kelardi. Yaratganga shukrki, orzularim ro‘yobga chiqdi. Asta-sekin yura boshladim. Yarim yildan beri kutilgan qadamlarim maktab tomon boshladi. Do‘stlarim, ustozlarim diydoridan bahra oldim. Agar shifokorlar bo‘lmaganida men qadam bosolmas edim. Ularga qanday minnatdorchilik bildirishni bilmayman. Ular o‘z bolasidek menga mehr ko‘rsatishdi. Yashashga umid uyg‘otishdi. Shunday zotlar sabab ko‘pchilikning uyida xotirjamlik hukmron. Kishilarning ruhi tetik. Yurtimizda tibbiy hizmat sifatini ana shunday yuqori saviyada bo‘lishiga hissa qo‘shgan mutasaddi insonlarga rahmat aytaman. Ilohim hech kim dardmand bo‘lmasin!

Sadriddinxo‘ja TO‘LAGANXO‘JAYEV,

Toshkent shahridagi 84-maktabning 9-sinf o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Сотимбойнинг касали

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: