Maktabim
Ko‘zlarimda uchqun, ko‘nglimda sevinch,
Ostonangni hatlab o‘tdim ilk bora.
Vatanga muhabbat qo‘yarmidi tinch,
Vatan ishqi ila o‘sdim tobora.
Mustaqillik darsi – hayot darsidir,
U – mayoq, ezgulik sari boshlaydi.
O‘qimoq, o‘rganmoq farz erur axir,
Hamma tafakkurga intilgan payti.
Sening quchog`ingda shodlikdan yayrab,
Bilim cho‘qqilarin o‘tyapman hatlab.
Ezgulik jo‘sh urar mudom qonimda,
Bag`ri mehrga kon jonajon maktab.
Robiyaxon ANVARXO‘JAYEVA,
Shayxontohur tumanidagi 84-umumta’lim maktabining o‘quvchisi