Boshidan o‘tgan tabib…

Har bir inson vujudi o‘ziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun ular o‘z organizmi parvarishi borasida o‘zicha yondoshadi. Shifokorlar bemorning xastaligiga, uning mijoziga qarab, davo muolajalarini qo‘llaydi.

Men ham o‘z salomatligim borasida o‘ziga xos muolajalarni qo‘llayman. Ma’lumki, qandli diabet biroz “injiq” xastalik hisoblanadi. Qonda qand miqdorining ortishi yoki pasayib ketishi hamisha organizm faoliyatini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, uni hamisha normal holatda ushlab turish muhim. Salomatlik uchun muntazam dori vositalarni qo‘llayverish ham organizmga ayniqsa, jigarga salbiy ta’sir etadi. Qatiq zardobi, suzma zardobini qaynatib ichish qand miqdorining pasayishiga yordam beradi. Ovqatlanish tartibiga qat’iy amal qilgan holda parhez tutish lozim. Bu tani sihatlikni tiklashning asosiy omili hisoblanadi. Shuningdek, turpni mayda qirg‘ichdan chiqarib, sirli idishda, usti yopiq holda past olovda gaz pechida 5 daqiqaga dimlanadi. Bu ham qandli diabet xastaligiga samarali hisoblanadi. Bunda xastalikka chalinga insonlar poliz ekinlaridan turp, bodring kabilarni ko‘p iste’mol qilsa koni foyda.

Abdug‘ofur BO‘riboy o‘g‘li,

Toshkent viloyati

Yana o‘qing:  Maktabim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: