Xayriya tadbiri davom etmoqda
Kuni kecha “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limi tomonidan Uchtepa tumanidagi 199-maxsus maktab-internatida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Ma’lumki, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi muruvvat yo‘nalishida respublikamizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari, maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun dori-darmon, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechak, oyoq kiyimlar, oziq-ovqat, nogironlik aravachalari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlarini topshirib kelmoqda.
Mazkur tadbirda ham 199-maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilariga jamg‘armaning muruvvat yordamlari topshirildi.
M.HASANOVA