XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-45)

  • O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida polimerlar haqidagi fanning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda olimlar, tadqiqotchilar, ishlab chiqaruvchilar hamda xorijlik mutaxassislar ishtirok etmoqda.
  • Jizzax shahrida “Shu aziz Vatan barchamizniki!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda faol yoshlar ishtirok etdi.
  • O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’at muassasalarining o‘rni” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.
  • Namanganda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-trening o‘tkazildi.
  • Farg‘onada O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  Follikulit: sababi va davolash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: