“O‘zfarmsanoat”dan 31 ta yangi dori
“O‘zfarmsanoat” DAKda joriy yilning 9 oyi davomida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 23,3 foiz oshdi. Mahsulot eksporti hajmi 2,3 martaga ko‘paydi.
Bu yil o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan 32 ta yangi dori vositalaridan o‘tgan davr mobaynida 31 tasi ishlab chiqarildi. Ayni damda kompaniya tasarrufiga kiruvchi 21 ta korxona ISO-9001 sifat sertifikatiga ega. Mazkur sanoat sohasida ish o‘rinlari soni 1050 kishiga ko‘paydi. 491 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Ishlab chiqarish hajmi 9 oyda 301,4 mlrd.so‘mni tashkil qildi (o‘sish hajmi 123,3 foiz). Bunda dori vositalari 224,9 mlrd.so‘mlik miqdorni tashkil etdi (o‘sish hajmi 111,7 foiz). 489,9 mln. dona mahsulot ishlab chiqarildi.
9 oy davomida mahsulotlar eksporti 3,5 mln. AQSH dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 230 foiz ortiqdir.