Asabiylashganda ovoz bo‘g‘ilishining sababi nima?
Muntazam ravishda, ayniqsa, stressli vaziyatlarda ovozning bo‘g‘ilishi qalqonsimon bez ishida muammolar borligidan darak beradi. Bundan tashqari, ovoz bo‘g‘ilishiga, yutinishning qiyinlashishi kabi holatlar ham qo‘shilsa, qalqonsimon bezning kattalashganiga taxmin qilish mumkin.
O‘zgarishlar kuchli stress, immunitetning zaiflashishi, o‘smirlikda, homiladorlik va klimaks davridagi gormonal buzilishlar, surunkali yod yetishmasligi va nurlanish tufayli kelib chiqishi aytiladi. Asabiylashganingizda tovush bo‘g‘ilishi o‘zingizga ham sezilayotgan bo‘lsa, endokrinolog tekshiruvidan o‘ting. Shifokor zarur tahlillarni o‘tkazib, qalqonsimon bez holatiga baho beradi. So‘ng shunga ko‘ra davo choralari tayinlanadi.
Nodira HAMROYEVA,
oliy toifali shifokor-terapevt