OVQAT ALLERGIYASIGA SABAB BO`LUVCHI 8 XIL OZIQ-OVQAT

Ovqat allergiyalari haqida

Ovqat allergiyalari eng ommaviy kasallik hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ular o’smirlarning 5%, bolalarning esa 8% iga ta’sir o’tkazarkan va bu ko’rsatkich tobora o’sib bormoqda.

Qizig’i shundaki, har qanday ovqat turi allergiya chaqirishi mumkin, lekin ko’pincha allergiyalarga 8 turdagi oziq-ovqatlar sabab bo’lar ekan. Bu maqola 8 ta eng ommaviy ovqat allergiyalari haqida ma’lumotlarni, shu jumladan, ularning belgilari, xavfi hamda bartaraf etish choralarini o’z ichiga oladi.

Ovqat allergiyasi nima?

Ovqat allergiyasi ma’lum bir ovqatga inson immunitetining odatdan tashqari javobini anglatuvchi holatdir. U sizning immun tizimingiz tomonidan biror ovqat tarkibidagi proteinlarning zararli deb topilishi natijasida kelib chiqadi. Keyin sizning tanangiz bir qator himoya choralarini ko’ra boshlaydi, masalan, yallig’lanishga sabab bo’luvchi istamin kimyoviy moddasini yuzaga chiqaradi.

Ovqatga allergiyasi bor insonlar uchun hatto eng kichik miqdordagi muammoli oziq-ovqat mahsuloti ham allergik reaksiyaga sabab bo’lishi mumkin. Simptomlar har qayerda, bir necha daqiqa yoki soatdan so’ng yuzaga chiqishi mumkin va bular quyidagilar:

Til, og’iz yoki yuzning shishishi;
Nafas olishning qiyinlashuvi;
Qon bosimining pasayishi;
Qusish;
Diareya (ich ketishi);
Issiq chiqishi;
Toshma toshib, qichishishi.

Ko’p hollarda ovqat allergiyasi anafilaksni keltirib chiqarishi mumkin. Juda tez boshlanadigan belgilarga toshma toshishi, qichishish, tomoq yoki tilning shishishi, nafas olishning qisqalashuvi, past qon bosimi kiradi. Ba’zi hollarda allergiya halokatli bo’lishi mumkin.

Quyida siz eng ommaviy 8 ovqat allergiyalari haqida bilib olishingiz mumkin:

1. Sigir suti:
Sut kukuni
Pishloq
Sariyog’
Margarin
Yogurt
Qaymoq
Muzqaymoq.

2. Tuxum.

Simptomlari:
Hazm qilish bilan bog’liq muammolar, masalan, oshqozon og’rig’i;
Teri reaksiyalari, toshma yoki qichishish;
Nafas olish bilan bog’liq muammolar;
Anafilaks (kamdan kam)

3. Daraxt yong’oqlari:
Braziliya yong’oqlari
Bodom
Makademia yong’og’i
Pista
Qarag’ay yong’og’i

4. Yeryong’oq.

5. Qisqichbaqa.
Krevetka
Mayda qisqichbaqalar
Daryo qisqichbaqasi
Dengiz qisqichbaqasi
Kalmar
Chig’anoq

6. Bug’doy.
7. Soya.
8. Baliq.

Agar sizda ham shunday ovqat allergiyalari mavjud bo’lsa, shifokorga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Doim sog’lom bo’ling!

Dilruh ISOMIDDINOVA

Яна ўқинг:  Овқатдан заҳарланганда дори ичишга шошилманг!

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: