Oltin kuz hadyasi

Har faslning o‘z tarovati bor. Bahorda Ona zamin yashil libosida sollansa, kuz o‘zining tillarang jilosini ko‘z-ko‘z etadi. Ha, kuzning chiroyi o‘zgacha. U ruhga orom bag‘ishlaydi.

Dilni sohir tuyg‘ular sari chorlaydi. Shonalardan tebranib tushayotgan yaproqlar umr daftarining oltin sahifalaridir.

Bilasizmi, daraxtlar bahorda ko‘z yoradigan kurtaklarini aslida kuzda dunyoga keltirar ekan. Demak, hayot davomiyligidan darakdir bu fasl. Kuz intiho emas, aksincha hayotning boshlanishidir. Yaproqlar uzra sayr etayotgan quyoshning zarrin nurlarida quvnoq bolajonlarning beg‘ubor nigohini uqadi kishi. Bog‘lardan bolalarning shodon hayqirig‘i eshitiladi…

Kuz – qut-baraka, to‘kinlik fasli. Ayniqsa, u yurtimiz bog‘lariga qadam ranjida qilishi bilan lov-lov yonib turgan qirmizi olma-yu anorlar, behi-yu yong‘oqlar totli quvvatga to‘ladi.

Kuz – hamjithatlik, ezgulik fasli. Hamma hasharga, hosilni birgalashib yig‘ib olishga otlanadi. Mehr-oqibat, qadr-qimmat, do‘stu birodarlik rishtalarini mustahkamlaydi bu fasl. So‘ng o‘z ortidan ne’matini barchaga ulashmoq istagida sarxil mevalarni bozor tomon yetaklaydi. Dasturxonlar nozu ne’matga to‘ladi. El ko‘ngli charog‘on, yurt obodlikda yuksaladi.

Ana, yaproq uzilib tushmoqda. Shamol hovuchida chayqalib, qalqib uchmoqda. U – baxtiyor. Boisi har uzilgan yaproq o‘rnida bir juft kurtak bunyod bo‘ldi.

Yana o‘qing:  HISOR SINOATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: