Muzlatilgan mevalar foydalimi?
Ekspertlar muzlatilgan sabzavotlar, mevalar va reza mevalar yangi uzilganlariga qaraganda foydaliroq ekanini aniqladi.
Ushbu mahsulotlar yangi uzilgan paytida uzoq vaqt saqlanganida ulardagi foydali moddalar va vitaminlarning katta qismi yo‘qolishi, muzlatilganida esa ular saqlanib qolishi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan tadqiqotlar muzlatilgan uchta mahsulotning ikkitasida muhim komponentlarning katta qismi borligini ko‘rsatdi. Bular S vitamini, polifenollar, beta-karotin, lyutein moddalaridir. Ushbu komponentlar iste’mol qilinganida, odam o‘zini saratondan himoya qiladi. Buning ustiga teri, miya, ko‘z va tananing holati optimal tarzda ushlab turiladi. Biroq, bu mahsulotlarning foydali xususiyatlari organizmga ta’sir qilishi uchun muzlatilgan meva va sabzavotlarni eritgandan so‘ng darhol iste’mol qilish zarur.