Smartfonlar yangi ko‘rinishda

Internet tarmog‘ida ekrani va korpusi botiq bo‘lgan LG smartfonining ilk suratlari paydo bo‘ldi. The Verge nashri xabar berishicha, u G Flex deb ataladi va 2013-yilning noyabrida sotuvga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, G Flex organik svetodiodli (OLED) 6 dyuymli egiluvchan ekranga ega bo‘ladi. Biroq, ekran egiluvchan xususiyatga ega bo‘lsa-da, smartfon korpusini egib bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Koreyaning SAMSUNG kompaniyasi Galaxy Round birinchi botiq ekranli smartfonini taqdim etgan edi. Uning paneli eniga bukilgan holatdadir.

Galaxy Roundning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xislati – undagi «Dumalash effekti» (Roll Effect) bo‘lib, bunda tekis yuzada turgan telefonning egik korpusi bir yonga bosilganda qurilmadagi asosiy ma’lumotlar – javobsiz qolgan qo‘ng‘iroqlar, batareya quvvati kabilar ekranga qalqib chiqadi.

Yana o‘qing:  “Ona tilim, onajonim tili bu...”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: