Olimlar erta uyg‘onishning foydali jihatlarini isbotlashdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining tadqiqotchilari o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra barvaqt uyg‘onish salomatlik uchun muhim ekanligini aniqladi.

Olimlarning aytishicha, to‘g‘ri uyqu tartibi salomatlik uchun juda muhim bo‘lib, sababi inson salomatligi unga bog‘liq. Shuningdek, erta tongdan o‘rindan qo‘zg‘olish inson tanasi uchun juda foydali odatdir.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, sahardayoq odamlar tobora ko‘proq samarali ishlashga hamda o‘zlarini yaxshi his qilish imkoniga ega. Asl haqiqat shuki, inson miyasining kunduzgi faoliyati tundan ko‘ra yaxshi ishlaydi. Shu boisdan, ertalab ishlash va turli masalalarni muayyan vaqtlarda hal qilishga intilish muhimdir. Kun davomidagi ishlar samarali bo‘lishi uchun barvaqt uyg‘onish kerak.

Bundan tashqari, tundagi bedorlik miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uning samaradorligini pasaytirishi isbotlangan. Olimlarning fikricha, kechqurun soat 23:00 dan keyin uyquga ketish noto‘g‘ri. Sog‘lom uyqu shaklida tanada ba’zi ijobiy o‘zgarishlar mavjud.

Olimlarning aytishicha, bu dasturni har birimiz o‘zimizda kuzatib borish lozim. Ana shunda inson hayotining barcha sohalarida ijobiy ta’sir seziladi.

JABBORLI

Yana o‘qing:  Yong‘oq po‘sti foydalimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: