Qit’amiz yoshlari musobaqasi

Samarqand eshkak eshish kanalida sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘n to‘qqizinchi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Yaqinda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘n beshinchi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan mazkur sport majmuasidagi bu galgi bellashuvlarda 17 mamlakatdan bir yuz ellikka yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Xususan, suv sporti turlarini ommalashtirish, sportchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida davlatimiz tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni payt­da yurtimizdagi o‘n ikkita ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi hamda o‘ndan ziyod olimpiya zaxiralari kollejida eshkak eshish bo‘yicha iqtidorli sportchilar tayyorlanmoqda. Tabiiy shart-sharoiti va imkoniyatlari bilan dunyodagi sanoqli sport majmualari qatorida e’tirof etiladigan Samarqand eshkak eshish kanali 2009-2012 yillarda to‘la rekonstruksiya qilindi. Bu yerda nufuzli turnirlarni o‘tkazish uchun xalqaro standartlarga mos qulayliklar yaratildi. Ana shunday zamonaviy sport inshootlari, sportchilarimizning Osiyo va jahon birinchiliklaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli joriy yilning o‘zida Samarqand eshkak eshish kanalida ikkinchi bor qit’a birinchiligi tashkil etilmoqda.

Musobaqada yigitlar va qizlar 2000 metr masofada yakkalik, juftlik va to‘rt kishilik qayiqlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Chempionatning dastlabki kunlarida ishtirokchilar saralash va yarim final bahs­larini o‘tkazdi. Ularning ishtirokini Osiyoning 17 mamlakatidan kelgan xalqaro toifadagi hakamlar kuzatib bormoqda.

O‘zA.

Yana o‘qing:  Xursandchilik ulashmagan g‘alaba

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: