Sog‘lom hayot sari

Zamon bilan hamnafas tarzda rivojlanib borayotgan tibbiyot sohasida bugun ko‘plab kashfiyotlar qilinmoqda. Qator kasalliklarga davo topilib minglab insonlarning hayotlari saqlab qolinmoqda. Ammo, ba’zi bir xastaliklar borki hali-hanuz shifokorlar ularga davo izlashmoqda. Ana shunday xastaliklardan biri ayollar o‘rtasida uchraydigan ko‘krak bezi saratoni(mastopatiya)dir.

Undan saqlanish yo‘l-yo‘riqlari haqida ma’lumot olish uchun oliy toifali akusher-ginekolog, «Med Look» klinikasining bosh shifokori Gulchehra Shoumarovani suhbatga chorladik:

– Mastopatiya qanday kasallik va u qaysi yoshdagi ayollarda uchraydi? Kasallikning kelib chiqish sabablari qanday xastalik va sabablar bilan bog‘liq?

– Mastopatiya – sut bezlarining kasalligi bo‘lib, u asosan 20-25 yoshdan 45-50 yoshgacha bo‘lgan ayollarda uchrashi kuzatiladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining (VOZ) terminalogiyasi bo‘yicha mastopatiya – ko‘krak bezining fibroz-kistoz kasalligi natijasida uning to‘qimasida bir qator o‘zgarishlar kuzatilishi oqibatida yuzaga keladi.

Bundan tashqari, sut bezlarida fibroadenoma, kista, adenoz, kistoepitelion va hakoza xavfsiz o‘smalar uchrashi ham kuzatiladi. Soha olimlari mastopatiya hosil bo‘lishining asosiy sabablarini nasliy omillar, ayol tanasidagi gormonal o‘zgarishlar, asab tizimi holati, ekologik vaziyatlar va nosog‘lom turmush tarzidan kelib chiqishiga bog‘lamoqdalar. Ko‘pgina ayollarda ko‘krak bezi to‘qimasidagi o‘zgarishlar mavjud bo‘lgan ginekologik kasalliklar, jumladan, tuxumdon va bachadondagi surunkali yallig‘lanishlar bilan uzviy bog‘liqligi, ayniqsa, sun’iy abortlarning sut bezi to‘qimasiga salbiy ta’sir etishi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim hollarda mastopatiya tananing endokrin-metabolik o‘zgarishlari (qalqonsimon bezning patologiyasi, semirish va boshqalar)ga ham bog‘liqdir. Shu bois har qanday kasallanish munosabati bilan shifokorga murojaat etilganda, sut bezlari yakka profilaktik tekshirishdan o‘tkazilishi lozim. Shuningdek, har bir ayol hayz ko‘rishi oralig‘ida muntazam ravishda o‘z sut bezlarini o‘zi tekshirib turishi lozim.

– Mastopatiya xastaligining ilk belgisi nima bilan xarakterlanadi va o‘zida qanday klinik belgilarni namoyon etadi?

– Mastopatiya kasalligining ilk belgisi og‘riq hisoblanadi. Odatda hayz ko‘rishdan bir hafta, yoki o‘n kun avval ko‘krakda og‘riq seziladi, ba’zi hollarda bu og‘riq qo‘ltiq ostiga va yelka sohasiga tarqalib, sut bezlari shishadi, og‘irlashadi, qattiqlashadi. Hayz kelishi bilan bu holat o‘tib ketishi mumkin.

Mastopatiya kasalligi ko‘p yillar davomida asta-sekinlik bilan rivojlanib borishi ham mumkin. Bunda sut bezi to‘qimasida qattiqlik, so‘ngra esa mayda-mayda tugunchalar paydo bo‘lib, keyinchalik shilimshiq suyuqlik ajralish holatlari kuzatilishi mumkin.

Yana o‘qing:  Men uchun unutilmas kun

Sut bezi kasalliklarining boshlang‘ich davrida davolash osonroq kechadi. Shu bois kasallikni erta aniqlash uchun ayol kishi doim o‘zini ko‘krak bezlarini tekshirib, uning o‘zgarishlariga ahamiyat qaratishi lozim. Shu munosabat bilan har bir ayol o‘z salomatligi yo‘lida genikolog shifokorga har yili ikki marta sut bezlarini tekshirtirib turishi lozim.

– Hozirgi tibbiyot rivojlangan bir davrda bu kasallikning oldini olishda qanday davolash ishlari amalga oshirilmoqda?

– Hozirgi paytda shu narsa aniqlanganki, sut bezlari rak oldi kasalliklari va rakning yuqoridagi alomatlari ko‘proq jinsiy hayot kechirmaydigan va tug‘magan ayollarda, shuningdek, tuqqanu ammo bola emizmagan ayollarda uchraydi. Shu bois ayollar sut bezlari kasalligining oldini olish maqsadida albatta, ginekolog tekshiruvidan o‘tishlari shart. Bu tadbir ayollar sut bezlari xavfsiz va xavfli o‘smalarini erta aniqlash imkonini beradi.

Har qanday kasallik singari mastopatiya kasalligi ham qanchalik erta aniqlanib, davolash tezroq boshlansa, natijasi shuncha samarali bo‘lishi shubhasiz. Mastopatiyani davolashda ayol kishining umumiy holati, yoshi va kasallikning rivojlanishi darajasi hisobga olinishi lozim.

Kasallikni davolashda gormonal va gormonal bo‘lmagan preparatlar qo‘llaniladi. Gormonal bo‘lmagan vositalarga darmondorilar, fitoterapiya (maxsus shifobaxsh o‘simliklar yordamida), fermentli preparatlar, biologik faol qo‘shimchalar, gomeopatik vositalar, par­hez (achchiq choy, qahva, shokolad, kola ichimligini iste’mol qilinishini chegaralash), o‘simlik kletchatkasiga boy taomlarni iste’mol qilish va bir kunda 1,5-2 litrdan ortiq suyuqlik ichmaslik tavsiya etiladi.

Har bir ayolga mos ravishda to‘g‘ri tanlangan oral kontratseptiv vositalar mastopatiya kasalligi belgilarining kamayishiga, ba’zan esa butunlay yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlash lozimki, ayollar avvalo mutaxassis-shifokor tomonidan mukammal tekshiruvdan o‘tib turishlari, mastopatiyaning oldini olishda jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklarini o‘z vaqtida davolash, abortga yo‘l qo‘ymaslik, ayniqsa, muhimdir.

Sut bezlari o‘sma kasalliklarining oldini olishda bolani to‘g‘ri emizish alohida ahamiyatga ega. Bolani ko‘krakdan erta ayirish ham shifokor maslahati bilan sekin-asta amalga oshirilishi lozim.

– Mutaxassis sifatida ayollarga qanday maslahat va tavsiyalar berasiz?

– Kasallikning oldini olishda tor va sintetik ichki kiyimlar kiyish, og‘ir yuk ko‘tarish, ko‘krak beziga jarohat yetkazishdan ehtiyot bo‘lish lozim. Quyoshning issiq nurlari ostida badanni qoraytirish juda zararli. Imkon boricha o‘ttiz yoshdan so‘ng ayol fiziomuolajalardan saqlanishi, yilda bir marta qonni tozalab turish yaxshi natija beradi. Kuniga bir yoki ikki marta sut bezlarini yengil uqalab turish koni foyda. O‘z-o‘zini ko‘krak bezlarini tekshirib turish mastopatiya kasalligining oldini olishda (profilaktika) va ilk bor tashxis qo‘yishda eng yaxshi muolajadir.

Yana o‘qing:  “Ona tilim, onajonim tili bu...”

Mastopatiyaning dastlabki davrida xalq tabobati vositalarini qo‘llash yaxshi natija berishi isbotlangan. Bunda ayollar albatta, shifokor nazoratida bo‘lishi zarur. Sut bezi kasalligini shifobaxsh giyohlar bilan davolash (fitoterapiya) katta ahamiyatga ega.

Maryam AHMEDOVA suhbatlashdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: