Vitaminlar yetishmasligi fe’l-atvorga ta’sir qiladi
Organizmingizning qaysi vitamin va minerallarga ehtiyoji balandligini bilmoqchimisiz? Marhamat, aniqlashga yordamlashish bizdan, organizmni to‘yintirish esa sizdan.
Depressiya magniy tanqisligidan darak.
Ular miyamizga fermentlar ishlab chiqarish uchun zarur. Fermentlar barcha a’zo va tizimlarning ishlashini ta’minlaydi. Ayniqsa, aqliy rivojlanish va diqqat-e’tiborni jamlash uchun muhim. Stress va davomli depressiya paytida ularning organizmdagi darajasi sezilarli pasayadi.
Tez-tez takrorlanuvchi sistitlar S vitamin yetishmasligidan dalolatdir.
Agar sistit sababchisi zararli bakteriyalar bo‘lsa, unda faqatgina tibbiy vositalar yordamida davolanish mumkin. Infeksiyaning oldini olish uchun esa askorbinka qabul qilishning o‘zi yetarli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, vitamin S peshob yo‘llari shilliq qavati kislotaliligini oshiradi.
Vitamin S ning kunlik miqdori (60 mg) bitta olma yoki ikkita unchalik katta bo‘lmagan kivi hamda bir stakan apelsin sharbati tarkibida mujassam.
Muzdek kaft va oyoqlar selenga ehtiyoj borligini bildiradi.
Selen qalqonsimon bez faoliyati uchun zarur bo‘lilb u organizmda muhim gormonlar ishlab chiqarilishida qatnashadi. Gormonlar moddalar almashinuvini tartibga solish bilan birga qon aylanishini ham qo‘llaydi. Biroq tomirlarning tugash qismi judayam ingichka va yurakdan uzoq bo‘lgani bois, qon aylanishidagi salgina kuchsizlik ham kaft va oyoq haroratida bilinadi.
Selen yong‘oq, pista, dukkakli ekinlar, baliq, dengiz mahsulotlarida bor. Uning kunlik miqdorini 200 g treska yoki gorbusha (baliq turlari) ta’minlaydi.
Jarohatlar vaqtida ko‘p qon ketishi vitamin K yetishmovchiligini bildiradi.
Bu vitamin kam o‘rganilgan, biroq uning qon quyulishi uchun zarurligi allaqachon aniqlangan. Agar vitamin K tanqisligi yuzaga kelsa ko‘p qon yo‘qotilishi mumkin.
Vitamin K ni yashil sabzavotlardan, non, go‘shtdan olish mumkin.
Og‘izdan hid kelishi vitamin S yetishmasligidan…
Usiz teri oson zararlanadi, shuning uchun ko‘karishlar yengil turtilishlardan ham hosil bo‘laveradi va uzoq vaqtgacha yo‘qolmay turadi.
Vitamin S yoqimsiz hidni chaqiruvchi ortiqcha xilt va toksinlarni organizmdan chiqarishga yordam beradi.
Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘ida bakteriyalar ko‘payib ketsa ham yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Mikroblarni quvish uchun vitaminli biror nima yeng, masalan, apelsin yoki gilos.
Mushaklarning sanchib og‘rishi kaliyni chorlaydi.
Kaliy tanqisligi nerv impulslari o‘tkazuvchanligi haqida gapiradi va mushaklarning kuchsizlanishiga, xurujlar va sanchiqli og‘riqlarga olib keladi. Kaliy darajasi alkogol, qahva va tamakini suiiste’mol qilish oqibatida pasayadi.
Kaliy yong‘oq, kivi, banan va dukkaklilar tarkibida serob. Ayniqsa, kartoshkada mo‘l.