Ayol sog‘lom bo‘lsa – jamiyat barqaror

Poytaxtimizda 7-12 oktyabr kunlari ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonining oldini olishga bag‘ishlangan salomatlik kunlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbir «Hayot uchun» ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi, «Ayollar kengashi» jamoat birlashmasi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Salus vita», «MDS servis» klinikalari hamkorligida tashkil etildi.

Bugungi kunda tibbiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tashxis qo‘yish va davolash borasida ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, xastalikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar samarasida mamlakatimizda onkologik kasalliklar bilan xastalanish holatlari tobora kamayib borayotir. Ayniqsa, bu boradagi ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda nodavlat notijorat tashkilotlar ham faol ishtirok etmoqda.

«Hayot uchun» ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasining tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, tibbiyot maskanlari bilan hamkorlikdagi loyihalari bunga misoldir.

Bir hafta davom etgan navbatdagi salomatlik kunlarida poytaxtimizda istiqomat qiluvchi ayollar «Salus vita», «MDS servis» klinikalarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

«Hayot uchun» ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, loyihaning noyabr oyi­da bo‘ladigan navbatdagi bosqichida mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Til bayramiga bag‘ishlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: