Ko‘zingizni asrang
Ko‘z qizarishi organizmda V guruhidagi vitaminlar yetishmasligini bildiradi. Qachonki ko‘z olmasidagi mayda qon tomirlar yallig‘lansa, ko‘zda qizarish paydo bo‘ladi. Bu vitamin V2va V6darmon-dorisiga ehtiyoj ortganligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Mazkur vitaminlar ko‘zda suyuqlik ajralishining tartibga solinishida qatnashadi. Biroq, ularning keragidan ortig‘i tomirlar funksiyasini buzadi.
V guruhidagi vitaminlar sut mahsulotlarida, baliq, go‘sht (ayniqsa, jigarda), yong‘oqda mo‘l bo‘ladi. Vitamin V2va V6ning kunduzgi me’yorini 200 g skumbriya (dengiz balig‘i) yoki 45 g yong‘oqdan olishingiz mumkin.