«Oy minorasi» – loyihalar sarasi

Dubayda Zaabil bog‘ining ramziy binosi loyihasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Unda Amerikaning «Transparent House» kompaniyasi g‘olib chiqdi. «Crescent Moon Tower» deb nomlangan ushbu bino yarim oy ko‘rinishida qurilib, balandligi 160 metrni tashkil etishi kutilmoqda.

Tanlov sharti bo‘yicha loyiha Dubayning zamonaviy qiyofasini ifodalashi, sayyohlik, madaniyat va fan sohalari rivojiga xizmat qilishi lozim.

«Transparent House» me’morlarining aytishicha, musulmon olamining ramzi hisoblangan yarim oy shaklidagi mazkur bino zamonaviy qurilish texnologiyalari va usullarini mujassam etgan o‘ziga xos «oy minorasi» bo‘ladi.

Shuningdek, loyiha bo‘yicha, binoda bolalar kutubxonasi, anjumanlar zali, restoran, ochiq tomosha maydonlari ham quriladi.

Yana o‘qing:  Yosh oilalar uchun turar joy olishga imtiyozlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: