Ob-havoning sovushi sizda allergeya paydo qilishi mumkin

Qishning sovuq kunlarida ba’zida yuz, qo‘l, tananing turli yerlariga toshmalar, shishlar yuzaga keladi. Ya’ni, ayrim kishilarda allergiya paydo bo‘ladi. Chunki bu vaqtda organizmdagi immunitet tizimi biroz sustlashadi. Shuningdek, yaxna taom, sovuq ichimliklar ichganda va muzdek suvda cho‘milganda ham shunday holat kuzatiladi. Tibbiyotda bu toshmalar qavarchiq deyilsa, qadimda ular “eshakemi” deb yuritilgan.

Havo haroratining pasayishi bilan ba’zi insonlarda tez-tez aksa urish, labning qurishi, ko‘karishi, ko‘zning tinmay yoshlanishi, toshmalar toshib qichishishi kabi hollar kuzatiladi. Bu faqat sovuq qotishdan emas, asabiylashish, me’da-­ichak tizimidagi salbiy o‘garishlar va shu kabi juda ko‘plab holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Bunday bemorlar issiq joyga kirishlari bilan sovuqda paydo bo‘lgan g‘ayritabiiy toshmalar kamayadi.

Qon analizi tahlil qilinganda, eozinofillar miqdori shu bilan birga immunoglobulin Ye miqdori qisman oshishi kuzatiladi.

Qo‘lingizning bilak qismiga muz bo‘lakchasini yoki suv solib muzlatkichga qo‘yilgan shisha idishchani qo‘yib, 5-10 daqiqa ushlab turing. Agar shu vaqt davomida bilagingizda qavarchiq paydo bo‘lsa, qichishish, qizarish yoki achishishni sezsangiz, demak sizda sovuqdan allergiyaga moyillik bo‘lishi mumkin.

Allergiyaning qanday turi bo‘lishidan qat­’iy nazar, bemorlarning birinchi o‘rinda asal iste’mol qilish mumkin emas. Chunki asal gul chang­laridan yig‘iladi. Bu esa allergiya qo‘zg‘atuvchi kuchli vosita hisoblanadi. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish ham allergik holatni kuchaytiradi.

Asalli, murabboli choy, yong‘oq, yeryong‘oq, pista kabi quruq mevalarni iste’mol qilmaslik lozim. Turli o‘tlardan tayyorlangan damlamalarni ichish ushbu holatni kuchaytirishi mumkin. Chunki ularda allergik xastalik qo‘zg‘atuvchi xususiyatlar mavjud. O‘zida sovuqqa allergiya borligini sezgan kishi tarkibida “V” vitamini bo‘lgan kremlarni surtishi mumkin emas. U allergiyaga yanada moyillikning kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Agar allergiyaga moyilligingiz borligini bilsangiz o‘zingizni sovuqdan saqlang. Sovuq ob-havoda imkon qadar ko‘chaga chiqmagan ma’qul. Xonaning havosini almashtirish uchun bir kunda bir marta derazalarni ochish lozim. Bunday vaqtda sintetik tolali kiyimlarni kiyish tavsiya etilmaydi. Paxtadan tikilgan libos tananing nafas olishini ta’minlaydi va issiqlikni bir maromda ushlab turadi.

Imkon qadar ko‘proq suyuqlik iching. Bunda qaynatilgan suv yoki ko‘k, qora choydan bosh­qa suyuqliklarni ichish tavsiya etilmaydi. Hid­li choylarni ichish aslo mumkin emas. Mineral va rangsiz suvlarni ichish maqsadga muvofiq. Parhez saqlang. Mol go‘shtidan tayyorlangan qaynatma sho‘rva siz uchun ayni muddao. Shirqovoq, dimlama qovoq ham juda foydali.

Yana o‘qing:  DAVO ChORALARI

Allergiya qaytgach kundalik tayyorlanadigan har qanday taomni me’yorida yeyish mumkin. Xastalikning har qanday ko‘rinishida o‘zingizcha biror bir dori vositasini ichishga shoshilmang. Imkon qadar allergolog mutaxassisga murojaat qilib, uning maslahatlari asosida davolaning.

Qutbiddin NIZOMOV,

Respublika ilmiy-ixtisoslashgan

allergologiya markazi oliy toifali shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: