Prezident Farmoniga muvofiq quyidagilarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

– shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lganlarga;

 – cog‘liqni saqlash tizimining asosiy zvenosida tibbiy xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda qishloq aholisiga;

– bir qator infeksion kasalliklarga qarshi aholini emlash;

 – ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga (atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi, silga chalinganlar, ruhiy kasallar, kasb xastaliklariga chalinganlarga, endokrin va onkologik kasalliklar)ga uchraganlarga;

– bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari);

– 15-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni va harbiy chaqiriq yoshidagilarni (18-27), harbiy chaqiriq komissiyasining yo‘llanmasi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash;

– tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish xizmati (pulli muassasalardan tashqari);

 – davlat davolash-profilaktik muassasalardagi bemorlarni maxsus chegirmalar bilan davolash (nogironlar, Ikkinchi jahon yoki afg‘on urushi ishtirokchilari, chin yetimlarni).

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: